TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2024

Samarqandda “Oliy ta’limni raqamlashtirish va oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish” mavzusida seminar o'tkazildi

Mamlakatimizda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlar jadal raqamlashtirilmoqda. Yaqinda qabul qilingan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, mamlakatimizda raqamli ta’limni integratsiyalash va ta’limning barcha bosqichlarida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida bo'lib o'tayotgan “Oliy ta’limni raqamlashtirish va oliy ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirish” mavzusidagi seminar o‘ta dolzarb bo‘lib, O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash borasidagi universitetlarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Barcha faoliyatni raqamlashtirish orqali O‘zbekiston universitetlari o‘qitish va ta’lim tajribasini yaxshilash, talabalarni jalb qilish va ko‘proq imkoniyatlarni taqdim etish uchun raqamli texnologiyalar salohiyatini e’tirof etuvchi Boloniya jarayoni talablariga javob berish bilan birga, Oliy ta’lim muhitida raqobatbardoshlikni oshirgan holda oliy ta’lim doirasida moslashuvchanlikka erishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qolaversa Erasmus+ Technical Assistance Mission seminari davomida Shvetsiya Masofaviy Ta’lim Assotsiatsiyasining xalqaro eksperti Ebba Ossiannilsson tomonidan qilingan ma'ruzada raqamli universitet, oliy ta’limning “raqamli landshaft”i, loyihalarni boshqarishning natijador ko‘nikmalari bilan tanishish, strategik tafakkurni va tadqiqot ko‘nikmalarini shakllantirish borasida muhim fikrlar bildirib o'tildi.

Ushbu seminarda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti Xalqaro reyting bo'limi boshlig'i, Erasmus+ ning Oliy ta'limni isloh qilish bo'yicha eksperti Ilxom Abduraxmanov ham ishtirok etdi.