TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2024

“Raqamli O‘zbekiston - 2030 strategiyasi”

Joriy yilning 20-aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori I.Ahmedova hamda X.Ro‘zmetovlar fakultetning IT sohasiga qiziquvchi talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-oktabrdagi PQ-6079-son “Raqamli O‘zbekiston - 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta`minlash maqsadida Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Mo‘minov ko‘chasi 4A O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirligi binosiga, raqamli ta`limni rivojlantirish markazi tomonidan IT sohasiga qiziquvchi barcha yoshlar uchun Mehnat va ta`lim yarmarkasi (Job &Education Fair)ga tashrif buyurishdi ushbu yarmarkada mahalliy va xalqaro IT-kompaniyalar ta`lim muassasalari va boshqa tegishli tashkilotlar IT-ta`lim va mehnat bozorida mavjud imkoniyatlar haqida ma`lumot berildi talabalar ushbu yarmarkada o`zlariga qiziqarli bo‘lgan ma`lumotlarga ega bo‘lishdi.

:“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova va X.Ro`zmetovlar axboroti

  Universitet matbuot xizmati