TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2024

Qishloq xo'jaligida,yer tuzish, geodeziya va kartografiya sohalarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish mavzusida ma’ruza

2024 yil 26-aprelda “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi tashabbusi bilan “Yer resurslari va kadastr” fakultetida “Qishloq xo'jaligida,yer tuzish, geodeziya va kartografiya sohalarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish”  mavzusida qiziqarli ma’ruza  o‘tkazildi. Ma’ruza xamkor ishlab chiqarish tashkiloti O‘zdaverloyiha DILI ning yetakchi mutaxassislari, professor - o‘qituvchilar va 3-bosqichning 304,305 va 306-guruhlari talabalari ishtirok etishdi.

Ma’ruzada “O‘zdaverloyiha” DILIning “Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish” bo’limi boshlig‘i A.Mirzayev A tomonidanuchuvchisiz uchish qurilmalarining vazifasi va maqsadi, qishloq xo’jaligida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish roli va agisoft dasturida uchuvchisiz uchish qurilmalaridagi ma’lumotlarni tahliliga oid juda qiziqarli ma’lumotlar berildi. O‘tkazilgan ma’ruza talabalarning soxada uchuvchisiz uchish apparatlaridan samarali foydalanishga bo’lgan qiziqishlarini oshirdi. Shu sababli,yuqori aniqlikdagi aerofotosuratni amalga oshirish va yuqori sifatli raqamli ortomozaikani olish, aniq dehqonchilik uchun kartografik materiallarni yaratish va yangilash bilan bog‘liq ko‘plab savollar berildi va ularga ma’ruzachi tomonidan asoslangan javoblar berildi.

                                         “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi axboroti

                  Universitet matbuot xizmati