TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2024

 “Qalqon” guruhi tashabbusi bilan

Davlat rahbarining tegishli buyruq va topshiriqlarini ijrosini ta’minlash hamda universitet yoshlarini intellektual o’yinlarga qiziqtirish maqsadida universitetimizning 2-Talabalar turar joyida  “Qalqon” guruhi tomonidan tashkil qilingan “Shaxmat-Shashka” musobaqasi o’tkazildi. Bunda 50 ga yaqin talabalar qiziqish bildirib munosib bahsga kirishishdi. G’olib bo’lgan talabalar diplom bilan taqdirlandilar.

Bu tadbirni ko’lamini kengaytirish maqsadida barcha yotoqxonalarda va universitet miqyosida o’tkazish kelishib olindi. Universitetimiz Shaxmat klubini rivojlantirish uchun qilinayotgan bu harakatlar natijasi o’laroq barcha qiziquvchan talabalarni safimizga chorlab qolamiz.

Universitet matbuot xizmati