TIQXMMI yangiliklari

img
28.03.2024

O‘zligingizga qayting, o‘zbegoyimlar

2024- yilning 27-mart kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari  bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova mas'ulligida, fakultetning salohiyatli ustozi "Axborot texnologiyalari" kafedrasi professori Gulchera Shadmanovalar 3-TTJ da fakultet talaba qizlari bilan "Qiz bola ibosi va hayosi blan go'zal " mavzusida ochiq davra suhbati o'tkazdilar

Davra suhbatini Ra'no Kodirova ocha turib,  Azaldan o‘zgarmay kelayotgan qoida shuki, har zamon va har makonda insonning iffati, avvalo, uning libosiga qarab belgilanadi. Aslida hayo qabohatni yo‘qotish uchun ato etilgan xulqdir. Hayoli insonga har kim ham jur’at qilib gapira olmaydi, uning qadrini toptashga birovning haddi sig‘maydi. Hayo – bu mustahkam qo‘rg‘on bo‘lib, o‘z sohibini dunyo va oxirat xijolatligidan himoya qiladi. Nabiy alayhissalom: «Hayo faqat yaxshilik olib keladi», deganlar. Hayoli kishining ba’zi ayblari ham ko‘zga tashlanmaydi. Shunday ekan  milliy qadriyatlariga, milliy liboslarimizga nisbatan qizlarimizni qalblarida buyuk muhabbat ruhida tarbiyalashimiz lozimligini takidladilar. Shu jumladan qizlarimizga murojaat qilib, muammolari bo'lsa, takliflari bo'lsa ochiq davra suhbati bo'lishni, qizlarimizni davra suhbatida faol ishtirok etishga chorlab, so'zni hurmatli professorimiz farzandlarini tarbiyalab,kelin, kuyovlar qilib, nabiralarini ham  bebaho ma’naviy e’tiqodlar,qadriyatlar asosida tarbiyalab kelayotgan, katta hayotiy tajribalar sohibasi ustozim  Gulchera Shadmanovaga berdilar Ustozimiz qiz bola tarbiyasida,  ibo- hayoni o'rni to'g'risida oz'tajribalari, hayotiy misollar bilan suhbat qurib,qizlarimizni savollarga javob berdilar

Davra suhbatida berilgan nasihatlar qizlarimizni hayot yo'llarini yorituvchi mayoq bo'lishi, talaba qizlarimizni e'tibor va butun vujudlari bilan tinglaganlaridan ko'rinb turdi.

Davra suhbati sermazmun, foydali, qizg'in o'tdi

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati