E'lonlar

28.11.2023

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI  OLIY TA'LIM, FAN VА INNOVATSIYALAR  VAZIRLIGI "TIQXMMI" MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

"Yangi Konstitutsiya- taraqqiyot qomusi"  mavzusida ilmiy maqolalar  tanlovini  tashkil etilmoqda.

Ushbu tanlovda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Ilmiy maqolalar elektron word shaklda @TIQXMMI_IQTIDOR telegram manzili orqali joriy yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 

Tanlov 2023 yilning 2-dekabr kuni "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetida o'tkaziladi.

Tanlov g‘oliblari maxsus sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

 Batafsil ma’lumotlarni @TIQXMMI_IQTIDOR telegram manzili hamda 90-117-11-36 raqamidan olishingiz mumkin.