E'lonlar

09.04.2024

Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi. Olimpiada 2024-yilning 10-20-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi.

Ushbu Olimpiada bakalavriat bosqichining 2023/2024-o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Olimpiada 2 turda o‘tkaziladi va 100 ball tizimda baholanadi:

nazariy qism – 50 ball;
amaliy qisim – 50 ball.

Olimpiadada ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi. 
Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga imtiyozli qabul qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishlari mumkin.

OLIMPIADA NIZOMI (https://disk.yandex.uz/d/l40Vd_Ts4-HVpA)