TIQXMMI yangiliklari

img
29.03.2024

Mahalla bilan hamkorlikda voyaga yetmagan qizlar bilan uchrashuv

2024 yil 29- martda M.Ulug’bek tumani «Oqqurg’on»  mahallasida  joylashgan 142-sonli maktabga  ’’Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti’’  MTU ning xotin-qizlar kengash a’zolaridan Z.Xafizova va N.Inomovalar  tashrif buyurishdilar. Z.Xafizova so’zga chiqib, buyuk mutafakkir  Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlarini ko’proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-ma’rifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy keyinchalik maktab va maorif masalalariga katta ahamiyat berganligi to’g’risida gapirib o’tdi.

Undan tashqari  “Odob-axloq qoidalar” ning asosiy vazifalari to’g’risida , o’quvchi  qizlarni  maktab formasida kelishi, maktabni ichki-tartib qoidalariga rioya qilishi , o’qituvchilarni  hurmat qilishi, yomon yo’llarga kirib ketmasligi to’g’risida ma’lumot berib o’tdi. Ayniqsa tarbiyasi og’ir qizlar bilan alohida suhbat o’tkazishdi.

O’quvchi qizlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga yetarlicha javoblarini olishdi.

"YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi  Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati