TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2024

Musobaqadan oldingi jarayonlar

"TIQXMMI" MTU “Gidromelioratsiya” fakulteti 1 - kurs talabalarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda “5 muhim tashabbus”ning 2-tashabbusi doirasida, sog’lom turmush tarzi, yoshlarni  jismoniy sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, universitetning sport maydonchasida joriy yilning 22-aprel sanasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi PQ-5148-son qaroriga muvofiq talabalar «Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ni aniqlash uchun  ro’yxatdan o‘tish jarayonida faol ishtirok etmoqdalar. "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini topshirish uchun arizalar  my.sport.uz orqali amalga oshirilmoqda.  Bugungi o‘tkazilgan tadbir 100 va 2000 metrga yugurishdan iborat bo’ldi.          

Musobaqani tashkil etishdan ko‘zlangan  asosiy maqsad, 5 muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi bo‘yicha yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari, hamda  yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish, aholining turli qatlamlari, xususan, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan iborat.

 

 

 “Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutorlari G. Axmedjanova, A.Shonazarovlar  axboroti         

 Universitet matbuot xizmati