TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2024

Musiqa – xalqlarning umumiy tili

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti  psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova boshchiligida Xor guruhi a'zolari Chet el fuqarolarini o'qitish bo'limi katta o'qituvchisi M.A.Gubayeva taklifiga muvofiq  Navro'z bayrami munosabati bilan “O'zbekiston bahori” deb nomlangan tadbirda o'z dasturlari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda Amerikalik, Xitoylik, Koreyalik talabalar va san'atga chanqoq yoshlar o'z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Dasturda ishtirok etgan qatnashchilarning bir-birlarini oson tushuna olishlaridan musiqa xalqlarning qalblarini birlashtiruvchi vosita ekaniga yana bir bor amin bo'ldik. Mehmonlarning olqishlaridan Xor jamoasi ijrosidagi “Hayyor-yor”, “Qoshing qaro qaro ko'z”, “Omonyor”, “Hililla yorim” kabi xalq laparlari barchaga birdek manzur bo'lganini angladik. Olqishlardan ruhlangan guruh a'zolari may oyida o'z yakkaxon kontsert dasturini tayyorlab, dasturga tashrif buyuradigan mehmonlar uchun munosib repertuar tanlash va ishlashni o'zlariga reja qilib, maqsad sari ildam odimlashni boshlab yuborishdi. Guruh a'zolariga kuch-quvvat, g'ayrat, shijoat va omadlar tilab qolamiz.  

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati