TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2024

“Mohir qo‘llar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi        

Joriy yilning 24-aprel kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi rejasi asosida “Energetika” fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida “Mohir qo‘llar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlov universitetda talaba-qizlar o‘rtasida 5 ta muhim tashabbusning birinchi yo‘nalishi-yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazildi. Tanlov fakultetning iqtidorli talaba-qizlari hamda to‘quvchilik, zardo‘zlik sohasiga qiziqishi yuqori bo‘lgan talabalar o‘rtasida o‘tkazildi. Unda iqtidorli qizlar o‘z mahoratlarini namoyish qildi.           

 

Tanlovda universitet “Zulfiyaxonim klubi” raisasi R.Gaziyeva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva, tyuter D.Hudoynazarovalar talabalarning mahoratlariga baho berishdi.

Tanlov yakunida universitet “Zulfiyaxonim klubi” raisasi so‘zga chiqib, xotin-qizlarning  ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlik va kasbiy mahoratni oshirish, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga alohida e’tibor qaratish, talaba qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, milliy  va ma’naviy qadriyatlarimiz haqida tushunchalar berib o‘tdi.

O‘tkazilgan tanlovda talaba-qizlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha kerakli tavsiyalar olishdi.

Mazkur tanlov talaba-qizlarga manzur bo‘lib, keyingi bosqichlari universitetdagi fakultetlar miqyosida o‘tkazilishi to‘g‘risida takliflarini bildirishdi.

 Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva axboroti 

Universitet matbuot xizmati