TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2024

"Mohir qo‘llar" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan 5 ta muhim tashabbusning birinchi yo’nalishi - yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish amalda.

2024-yil  17-aprelda «Yer resurslari va kadastr» fakultetida  talaba qizlar o’rtasida  "Mohir qo’llar" ko’rik-tanlovi  o’tkazildi. Ushbu tanlovda «Qizlarjon klubi» a’zolaridan 2-3-bosqichning  iqtidorli  talaba qizlar o’z mahoratlarini namoyish qildi.

Qizlarimiz 3 ta shart  bo’yicha bellashdilar .

1-shart: ko’katlardan salatlar tayyorlash;

2-shart: chuchvara tugish;

3-shart: erkin mavzuda (tikuchilik mahorati, tukish mahorati, dizayn, taqinchоqlar yasash va raqs).

Tadbirda  yoshlar bo’yicha dekan o’rinbosari X.Eshova, professor-o’qituvchilardan: Komilova X., Ruziqulova O. va  J.Xaitbaevalar  ishtirok etib, talaba qizlarimizning mahoratlariga yuqori baho berdi. Tadbir Z.Xafizova, X.Eshova va M.Turgunovalar  tomonidan tashkil etildi.

YRK" fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot xizmati