TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2024

“Mohir qo‘llar” ko‘rik-tanlovi

2024-yil 17-aprel  kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  “Xotin-qizlar kengashi” a’zolari, 2-TTJda  talaba-qizlar ishtirokida “Mohir qo‘llar”  ko‘rik - tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda E.G‘aniboyeva  so‘zga chiqib,  fakultetimizda  talaba-qizlar  orasida hunarmand qizlarning soni anchagina, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, o‘z iqtidorlarini to‘la namoyon etishlari uchun, keng imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirililayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Tanlovda Boliyeva Shaxnoza, Maxamatboqiyeva Ozodaxon, Kenjebayeva Ellizalar o‘z mehnati mahsulini namoyish etdilar,  talabalarning mahoratlariga yuqori baho berildi. Tadbir qatnashuvchilarga samimiy minnatdorchilik bildirildi, so‘ngra qizlarimiz bilan, fakultetda  kelgusida olib boriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha  dekan maslahatchisi  E.G‘aniboyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati