TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2024

Milliy qadriyatlar Tamaraxonim timsolida

Milliy qadriyatlarni yoshlar qalbiga chuqurroq singdirish va ularning ruhiyatida ajdodlarimizdan beri kelayotgan an’analarga hurmat hissini yanada oshirish hamda, Tamaraxonim misolida xalqimizning naqadar milliy joziba va milliycha nozik did bilan kiyinganliklarini talabalar qalbiga yetkazish maqsadida “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova hamda X.Ro’zmetovlar joriy yilning 26-aprel kuni fakultetning bir guruh talaba yoshlari bilan Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan Tamaraxonim uy - muzeyiga tashrif buyurishdi.

O'zbek xalqining o'ziga xos, milliy ruhini aks ettiruvchi madaniyatimiz va tariximizni uzviy bog'lab turuvchi kiyimlarimiz ham ayni damda O'zbek xalqining ko'rkiga-ko'rk qo'shib turgani hech birimizga sir emas. Hali hamon ayollarimiz egnida o'sha Marg'ilon atlaslari, boshlarida par do'ppilari bilan har xil milliy an'anaviy bayramlarimizda, xalq sayillarida ishtirok etishda, qadriyatlarimizni qadrlashda davom etib kelishmoqda. Professional o‘zbek raqsi asoschilaridan biri, qo‘shiqchi, raqqosa, baletmeyster Tamaraxonim asl millati arman bo’lishiga qaramasdan aynan milliylikka, milliy qadriyatlarga hurmati va e’tibori kuchli ayol bo’lganini alohida ta’kidlash zarur. Mazkur tashrif davomida talabalar o’zlariga kerakli ma’lumotlarni oldilar va milliylik ruhini yana bir bor yurakdan his qildilar.

“Ekologiya va huquq” fakulteti tyutorlari I.Ahmedova va X.Ro’zmetovlar axboroti

Universitet matbuot xizmati