TIQXMMI yangiliklari

img
25.04.2024

“Milliy qadriyatlar sayli”

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1-bosqich 110-guruh talabalari bilan Respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan “Milliy qadriyatlar sayli” haftaligi doirasidagi katta adabiy – marifiy  tadbirni ko‘tarinki ruhda davom ettirish maqsadida  3 - talabalar turar joyida tadbir tashkil qildik.

Tadbirda guruhimiz qizlari bilan milliy qadriyatlarimizdan bo‘lgan kashtachilik san’ati bilan yaqindan tanishdik. Yigitlarimiz esa millatimiz ko‘rki, dasturxonimiz sultoni Palovxonto‘ra tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Talaba- yoshlar birgalikda milliy laparlarimizdan aytishuvlar qilishdi. So‘ngra oq terakmi – ko‘k terak o‘yini boshlanib ketti. Bu orada oshni zirvagi ham tayyor bo‘ldi. Osh pishgunga qadar talaba - yoshlar karaoke ham boshlanib yuborishdi. Tadbir juda chiroyli va ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Milliy qadriyatlarimiz bu millatimiz ko‘rkidir, shuning uchun ham bunday tadbirlarni talaba-yoshlar orasida tashkil qilib turish ularning manaviyatini, ma’rifatini, milliy g‘ururini oshirib borishga yaqindan yordam beradi.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutori D.Egamova axboroti

Universitet matbuot xizmati