TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2024

Milliy qadriyatlar - ma’naviyatimiz gultoji 

Joriy yilning 25-aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori D.Xursandova boshchiligida 107-talabalari bilan “Milliy qadriyatlar” mavzusida tadbir o’tkazildi. Milliy qadriyatlarni ham mohiyatiga ko’ra, tabiiy, moddiy, ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, axloqiy qadriyatlarga ajratish mumkin. Masalan, minglab yillar davomida shakllangan boy ma’naviy xazinamiz biz uchun ma’naviy qadriyat, halollik, poklik, ishonchlilik esa iqtisodiy qadriyatdir. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pchilik mutaxassislar insonning o‘zi, hayoti, huquqi va erki, sog‘lom va farovon turmushini qadriyatlarning eng oliysi, deb hisoblaydi. Tadbirda shu va shu kabi milliy qadriyatlarga oid qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tildi. O‘tkazilgan bu suhbatdan talabalar o’zlari uchun manfaatli bo‘lgan tavsiyalarga ega bo‘lishgan holda, tadbir nihoyasiga yetdi. 

 "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori D Xursandova axboroti 

Universitet matbuot xizmati