TIQXMMI yangiliklari

img
07.05.2024

Milliy maqom va nazm-navo kechasi

Talaba yoshlarni adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, Joriy yilning 6 - may sanasida “TIQXMMI” – Milliy tadqiqot Universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalari uchun “Adiblar xiyoboni”da “Milliy maqom va nazm-navo” kechasi tashkil qilindi. Tadbirda fakultetning professor-o‘qituvchilar, tyutorlar ham faol talabalar qatnashishdi.

“Fizika va kimyo” kafedrasi dotsenti  A. Axmedov maqom, she’riyat,  nazm-nasr haqida qiziqarli tarzda ularning farqini tushuntirib berdi. Talabalar tomonidan dutorda milliy kuylar va o‘z ijod namunalaridan nazm janrida yozilgan she’rlar, monologlar o‘qildi. Talabalarimiz bu o‘tkazilgan tadbirdan o‘zlariga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni olib, bu tadbirdan talaba-yoshlarimiz ko‘tarinki kayfiyatda qaytishdi. 

 “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G. Z. Axmedjanova axboroti 

Universitet matbuot xizmati