TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2024

“Ma’rifat ulashib” tadbiri tashkil etildi

2024 yilning 19-aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti tomonidan “Ma’rifat ulashib” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zolari taniqli adiblar Safar Olloyor hamda Oyinniso Yuldasheva ishtirok etdi.

Tadbirning birinchi qismi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 64-maktabda o‘tkazildi. Maktabda o‘quvchilarning bilim olishish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib faollar zalida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirning ikkinchi qismi universitet Axborot resurs markazida bo‘lib o‘tdi.

Universitetdagi ijodkor talabalarning chiqishlari adiblarimizda katta ta’surot qoldirdi. Shuningdek, adiblar tashrif davomida universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib universitet rektori bilan birgalikda tushlikni amalga oshirishdi.