TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2024

Ma'naviyat - insoniy go'zallikdir

Ma'rifat- insoniyat bog'ining go'zal daraxti, ma'naviyat - odamiylik xazinasining gavharidir. Joriy yilning 17- aprel kuni "Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova, 3- TTJ da fakultet talaba qizlari bilan "Kiyinish madaniyati - o'zbekona madaniyatimizni ajralmas qismidir" mavzusida ochiq davra suhbati o'tkazdi. Davra suhbatini Ra'no Kodirova ocha turib, kiyinish madaniyati millat ko'riki.

Kiyinish madaniyati- shaxs ma'naviyati. KIyinish madaniyati- insonning tashqi ko'rinishi, ma'naviy dunyosi, estetikasi, аxloqiy sifatlari va salohiyatini ochib beradi. Kiyinish madaniyatiga bo'lgan qarash, insonning go'zallik, nafosat, odob orasidagi o'z qarashlarini ifoda etadigan omil hamdir deb ta'kidladilar. Shu jumladan qizlarimizga murojaat qilib, muammolari bo'lsa, takliflari bo'lsa ochiq davra suhbati bo'lishni, qizlarimizni davra suhbatida faol ishtirok etishga chorlab, so'zni tadbir mehmoni "Iqtisodiyot" kafedrasi katta o'qituvchisi, hurmatli ustozimiz  farzandlarini tarbiyalab, kelin, kuyovlar qilib, nabiralarini ham  bebaho ma’naviy e’tiqodlar, qadriyatlar asosida tarbiyalab kelayotgan, katta hayotiy tajribalar sohibasi Xo'jamqulova Xosiyat Ishboyevnaga berdilar.

Ustozimiz aslida kiyinish madaniyati ham o'zbekona madaniyatimizni ajralmas qismi ekani to'g'risida  o'z tajribalarini hayotiy misollar bilan suhbat qurib, qizlarimizni savollarga javob berdilar. Davra suhbatida berilgan nasihatlar qizlarimizni hayot yo'llarini yorituvchi mayoq bo'lishi, talaba qizlarimizni e'tibor va butun vujudlari bilan tinglaganlaridan ko'rinb turdi. Davra suhbati sermazmun, foydali, qizg'in tarzda o'tdi.

"Iqtisodiyot" fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi R. Kodirova axboroti

Universitet matbuot xizmati