TIQXMMI yangiliklari

img
07.05.2024

“Kitob bilim bulog'i - talabanining o‘rtog‘i”

"TIQXMMI" MTU "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi Parpiyeva Umida Hasanovna ERB fakulteti 108-guruh talabalari bilan  “Kitob bilim bulog'i - talabanining o‘rtog‘i” nomli dars tashkil etdi. Talabalar darsda o’rgangan bilimlari yuzasidan o'rtoqlashishdi, dialog tarzida suhbat olib borishdi va mashhur insonlarga tegishli bo'lgan iqtiboslardan keltirishdi. Kutubxonada ingliz tili darsi noan’anaviy tarzda tashkil qilinib, ingliz tilida kitobga, bilimga oid bo'lgan so’z, iboralar taqdim etildi.

Ushbu jarayonda talabalar o’zlari bilgan ingliz tilidagi so’zlarni amaliyotda qo’llay olishlari, suhbat paytida tinglab tushunish va hayajonni yengish  til o’rganish jarayonida juda muhim sifatlardan biri sanalishiga yana bir bora amin bo’lishdi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi U.Parpiyeva axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati