TIQXMMI yangiliklari

img
07.05.2024

Kiberxavfsizlik yuzasidan profilaktik tadbir

Har bir davrning o’ziga yarasha kata-kichik muammolari bo’ladi. Buning sabab va oqibatlarini bilish va unga qarshi kurashish zararli oqibatlariga barham berish davr talabi, ayni paytda ongli insonning burchi, qalb amri hamdir. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal taraqqiyoti inson va jamiyat hayotida keng imkoniyatlarni yaratdi. Bu, o'z navbatida, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini samarali ta'minlashni taqozo etmoqda.

Binobarin, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida hozirgi kunda jinoyatchilik dinamikasida kiberjinoyatlarning soni tobora oshib borayotgani sir emas.

Xuddi shu maqsadda “Gidromelioratsiya” fakulteti talabalariga “KIBERXAVFSIZLIK” mavzusining dolzarbligi xususida tadbir tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani J.Ishchanov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Abdusamatov, Yunusobod tumani IIOFMB 5-IIB XPB profilaktika katta inspektori mayor A.Ubaydullayev hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirokchilariga kiberjinoyatchilarning hiyla-nayranglariga aldanib qolmaslik haqida ma’lumot berildi, shuningdek, ularga hech kimga bank kartalarining ma’lumotlari va maxfiy kodlarini bermaslik, qimor o‘yinlari va boshqa tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarda qatnashmasliklari kerakligi tushuntirildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni olishdi.

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari O.Ro`zibayev axboroti 

Universitet matbuot xizmati