TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2024

“Kasbim mening - faxrim mening”

2024 yil 16 aprel kuni Bo‘stonliq tuman 1-son kasb-hunar maktabiga Oliy ta’lim bilan hamkorlikda “Kasbim mening - faxrim mening” mavzusida o’tkazilgan o’quv-amaliy seminarda Iqtisodiyot kafedrasi professor-o’qituvchilaridan R.Xakimov, U.E.Xoliyorovlar ishtirok etishdi.

“Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlar nomzodi R.Xakimov Global iqtisodiy muammolar va ularning yechimlari mavzusida, “Traktor va avtomobillar” kafedrasi dotsenti Sh.Abduraxmonov Moylash tizimi mavzusida, “Muhandislik tizimlarni boshqarish” kafedrasi  dosenti  U.S.Berdimuratov Texnologik jarayonlar mavzusida, “Qishloq xo’jaligi texnika va texnologiyalari” kafedrasi  dosenti Y.K..Jumatov :Payvand turlari bo’yicha metallardan turli jihozlar yasash mavzularida MASTER-KLASS darslari o’tib berishdi.