TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2024

"Karyera kuni" boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi oʻtkazildi

2024-yil 19-aprel kuni Universitetimiz rektorat binosi oldida Kadastr agentligi tashabbusi bilan Yer resurslari va kadastr fakulteti bitiruvchi kurs talabalari uchun "Karyera kuni" boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi oʻtkazildi.

Bu yarmarkada bitiruvchi kurs talabalarimiz faol ishtirok etishdi va boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishishdi. Talabalar oʻzlarida qiziqish uygʻotgan savollariga kadastr mutaxassislaridan javob olishdi hamda shu sohada ishlash niyatini bildirgan bitiruvchilar uchun 0,25 va 0,5 stavkada ishlash  taklif qilindi.