TIQXMMI yangiliklari

img
28.03.2024

Kafedra professorining onlayn uchrashuvi

Universitet rektorining buyrug‘iga asosan “Elektr ta’minoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi professori O.Tursunov Xitoy Xalq Respublikasi Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti, Muhandislik fakultetiga “Iqtidorli yosh olim” dasturi doirasida “A” toifali professor sifatida ishtirok etish uchun Xitoyning Pekin shahriga xizmat safariga yuborilgan edi.

Mazkur dastur doirasidagi tajriba-sinov ishlari davom etayotganligi va uni muvaffaqiyatli tugatish maqsadida bugungi kunda O.Tursunov Xitoyning Pekin shahrida bo‘lganligi sababli kafedra professorining magistratura mutaxassisligi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarini ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish hamda yurtimiz va jahonda biomassa energiyasidan foydalanish istiqbollari haqida talabalarga ma’ruza mashg‘ulotlari Zoom platformasi orqali onlayn tashkil etilgan.

Shunday uchrashuvlardan biri shu yilning 16-mart kuni 60711000-Muqobil energiya manbalari(qayta tiklanuvchi energiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun tashkil etildi.

Ma’ruza so‘ngida talabalar mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha to‘liq javoblar olishdi.

“Elektr taʻminoti va qayta tiklanuvchan energiya manbalari” kafedrasi assistenti N.Abdug‘aniyev axboroti

Universitet matbuot xizmati