TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2024

Intilganga tole yor

Joriy yilning 16-aprel kuni «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti «Gidrotexnika qurilishi» fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova, fakultet tyutori D.Xursandovalar boshchiligida 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan "Tozalik sog‘lik garovi" va "Intilganga tole yor" mavzulari doirasida uchrashuv tashkil etildi. Qizlarning  xonalari tozaligi va ularning muammolari hamda takliflari tinglandi. Talaba qizlarga bo’sh vaqtlarida uy-ro‘zg‘or tutishda zarur bo‘ladigan tikish-bichish, munchoqlardan kiyimlarga ishlov berish, suvenirlar yasash kabilarni ham o‘zlashtirish foydadan xoli bo‘lmasligi haqida batafsil tushunchalar berib o‘tildi. Qizlar o‘tkazilgan yig‘ilishdan o‘zlari uchun manfaatli bo‘lgan ma'lumot va tavsiyalarga ega bo‘lishgan holda, eng asosiysi hunar o‘rganish uchun maqsadlar qo‘yishgan holda tadbir yakuniga yetkazildi.

"Gidrotexnika qurilishi" fakulteti dekan maslahatchisi F.Yunusova va tyutor D.Xursandovalar  axboroti 

Universitet matbuot xizmati