TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2024

Imkoniyati cheklangan bizning tengdoshlarimiz

Universitetimizning “Elektrotexnika va mexatronika” kafedrasining bir nechta professor o‘qituvchilari va yosh olimlari kafedra mudiri R.J Baratovning tashabbusi bilan poytaxtimizda joylashgan “Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-sonli kasb hunar maktabi” o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi, ular bilan do‘stona suhbat olib borishdi. Maktabning o‘quv ustaxonalari bilan tanishdi va ularga kafedraning “Digital world” to‘garagi a’zolarining innovatsion ishlanmalari topshirildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad ularni ham oliy ta’limga jalb qilish va o‘zlarining innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishda ko‘maklashish, zotan ular ham siz va biz kabi shu jamiyat a’zolaridir. O‘quvchilarga universitetimizda yaratilgan shart-sharoitlar, bugungi kundagi mavqeyi haqida ma’lumot berildi. Kelajakda universitetimizga o‘qish uchun taklif qilindi. Imkoniyati cheklangan ammo qalbi toza bolalar tashrifdan juda ham mamnun bo‘lishdi. Bizning universitetimizga qiziqish nihoyatda kuchaydi. Shuningdek, universitetimizga ekskursiya qilish maqsadlari borligini bildirishdi.