TIQXMMI yangiliklari

img
26.04.2024

Ilm mahsuli kitobdir

Alisher Navoiy kutubxonasi tomonidan berilgan nashr etish huquqi asosida "Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilini ertaklar vositasida o'qitish metodikasini takomillashtirish" nomli metodik qo'llanmasi chop etildi. Institutimizning  "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi Israilova Dildora Atxamovnaning ilmiy ishlari natijasida metodik qo'llanma nashrdan chiqdi. Ushbu metodik qoʻllanmada ingliz tiliga oʻrgatishning fundamental tushunchalari, ikkinchi tilni oʻqitishdagi zamonaviy yondashuv koʻrsatilganki, undan barcha toifadagi mutaxassislar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglari foydalanishlari mumkin. Ushbu ilmiy ish mahsuli bo'lmish - kitob nashri bilan "Ingliz tili" kafedra mudirasi Baxtijon Isroilova samimiy tilaklar va ulkan zafarlar tilab, Dildora Isroilovani tabrikladi.

"Ingliz tili" kafedrasi D.Isroilova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati