TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2024

Ikkita ta'lim muassasasining ikkita kafedrasi o'rtasida shartnoma

19-20 aprel kunlari “Ingliz tili” kafedrasi professor-o'qituvchilari Feruza Umarova, Dilafruz Madalieva, Umida Parpiyeva, Dildora Israilova va Muqaddas Boqiyevalar "Samarqand davlat chet tillar instituti" hamda "Pyatigorsk davlat universiteti" va "Minsk davlat lingvistika universiteti" hamkorligida bo'lib o'tgan "Hozirgi globallashuv jarayonida til va adabiyotning gumanistik ro'li" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga tashrif buyurishdi.

Konferensiyada Italiya, Misr Arab Respublikasi, Hindiston, Turkiya, Eron, Janubiy Koreya, Tojikiston va boshqa nufuzli oliy ta'lim muassasalarining professor o'qituvchilari faol ishtirok etishdi. Shu bilan bir qatorda, ilmiy-amaliy hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida TIQXMMI MTU "Ingliz tili" kafedrasi SamDChTI "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi bilan kafedralararo shartnoma imzolandi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi D.Madaliyeva axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati