TIQXMMI yangiliklari

img
20.04.2024

Ichki tartib-qoidasi – talaba foydasi

Universitet va TTJ ichki-tartib qoidalariga binoan, TTJda yashovchi talabalar soat 22:00ga qadar o'zlariga berilgan xonalarda bo'lishlari zarur. Shu asosga ko'ra har kuni kechki vaqtda TTJlarda kechki yo'qlama qilish qavat sardorlari zimmasiga vazifa qilib berilgan. Ushbu vazifa ijrosini tashkil etish va nazoratga olish yuzasidan "Qalqon" jamoasi a'zosi S.Mamatqulova boshchiligida 4-TTJning qizlar istiqomat qiladigan qavatlarida yig'ilishlar qilib boriladi.  Jumladan, kuni kecha o'tkazilgan yig'ilishda 3-qavat qizlari bilan suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida talaba qizlarga belgilangan vaqtdan kech qolish holatlari yuzasidan ko'riladigan choralar haqida tushuntirishlar berildi.

      "Qalqon" jamoasi axboroti

      Universitet matbuot xizmati