TIQXMMI yangiliklari

img
23.04.2024

Hunarmandchilik har joyda zarur

Bugun “Iqtisodiyot”fakulteti talabalari tyutor Shodieva Gulbahor va “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori Saidova Xursanoy bilan birgalikda 5-tashabbus doirasida milliy zargarlik buyumlarini yasash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda xalq hunarmandchiligini rivojlantirish va targ‘ib qilish juda rivojlangan, qolaversa, bu milliy qadriyatlarimizni tiklash, yuksaltirish va yoshlar hayitiga tadbiq etishga turtki bo'lmoqda.

Zargarlik san'ati, uning tarixi, dizaynerlik zargarlik buyumlarini yaratish texnikasi dolzarb mavzulardir. Shundan kelib chiqib, talabalar universitetdagi o‘qishlari bilan parallel ravishda milliy zargarlik buyumlarini yasashga bo‘lgan qiziqishlaridan kelib chiqib, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish kerak degan xulosaga kelishdi.

“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori Gulbahor Shodiyeva va “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tyutori Saidova Xursanoy axboroti

   Universitet matbuot xizmati