TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2024

G'alaba muborak

“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti talabalari “Munozara” o’yinlarining keyingi bosqichiga yo’l olishdi.

Joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent davlat transport universitetida o’tkazilgan “Munozara” o’yinlarida universitetimizning “Ekologiya va huquq” fakulteti talabalaridan tashkil topgan “Adolat” jamoasi mezbonlar TDTU ning “Logistlar” jamoasi ustidan 2:1 hisobida g’alaba qozondi.

Jamoa a’zolarining nutqi hakamlar tomonidan alohida e’tirof etildi va “Yurisprudensiya” yo’nalishi talabasi Qurbonboyev Aslbek “The best speaker” deb topildi.  Jamoa a’zolariga musobaqaning keying bosqichlarida omad tilaymiz.