TIQXMMI yangiliklari

img
19.04.2024

"Ekologiya va atrof muhitni asraylik" shiori bilan

Joriy yilning 16 - aprel kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti "Gidrotexnika qurilishi" fakulteti tyutori X.R.Saidova  fakultetining 1-bosqich faol talabalari ishtirokida "G" oʻquv binosidagi oʻquv laboratoriya xonasida "Ekologiya va atrof muhitni asraylik" mavzusida Akademik MANEB, UNESCO "TIQXMMI" MTU qoshidagi suv diplomatiyasi, "Atrof- muhit muhofazasi va ekologiya" kafedrasi professori, biologiya doktori B. Karimov boshchiligida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta'minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta'sirining oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Talaba yoshlar atrof - muhitni asrab - avaylashi kerakligi toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

GTQ tyutori X.R.Saidova axboroti

Universitet matbuot xizmati