TIQXMMI yangiliklari

img
17.04.2024

“Education competency enhancement project Mechatronics Technicum at “TIIAME” National Research University” xalqaro grant loyihasi faoliyatiga rasmiy start berildi

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzaev  va Janubiy Koreyaning Keymyung College University Prezidenti, professor  Seungho-Park hamkorlikda 5 yil muddatga mo‘ljallangan “Education competency enhancement project Mechatronics Technicum at “TIIAME” National Research University”  xalqaro grant loyihasi faoliyatiga rasmiy start berildi.

Tomonlar o‘rtasida 5 yillik xalqaro grant doirasida o‘zaro Anglashinuv memorandumi va ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari ham imzolandi. Ushbu shartnomaga asosan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Digital Educational Innovation Service Centre” barpo etiladi.

Ushbu markazda raqamlashtirilgan ta’lim va innovatsiya bo‘yicha turli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, IT ko‘nikmalarni takomillashtirish, startap va tadbirkorlik g‘oyalarini rivojlantirish, gender tenglik masalalari, ayollarga kasb berish va ish bilan ta’minlash, malaka oshirish kurslarini tashkil etish orqali salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan.