E'lonlar

17.04.2024

“Barqaror rivojlanish maqsadlari” talabalar olimpiadasining Milliy bosqichiga taklif qilamiz!

Hurmatli talabalar Sizlarni 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkaziladigan “Barqaror rivojlanish maqsadlari” talabalar olimpiadasining Milliy bosqichiga taklif qilamiz!

Qozog‘iston-Germaniya universiteti Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) ko‘magida O‘zbekiston talabalarini Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha olimpiadada ishtirok etishga taklif qilamiz. 

"Birgalikda mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion yechimlarni topish maqsadida olimpiadamizga qo‘shiling!"

 Olimpiada quyidagi yo‘nalishlarda o'tkaziladi:

-  "Barqaror shahar rivojlanishi: ratsional iste'mol, innovatsiyalar va infratuzilma"
-  "Iqlim o'zgarishi va toza energiya"
-  “Suv va yer resurslarini kompleks boshqarish”

 Ushbu olimpiadada ekologiya va boshqa tegishli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

  Sana: 2024 yil 30 aprel
  O'tkazilish joyi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, O‘zbekiston, Toshkent,  Qori Niyoziy ko'chasi, 39-uy.
  O'tkazilish shakli: gibrid (zoom/offlayn)
  Ro'yxatdan o'tish shakli: https://forms.gle/vuSTJ6nJv2VXUPHRA (Shuningdek, Taplink-da mavjud)
  Roʻyxatdan oʻtish muddati: 2024-yil 25-aprel
 
Olimpiada g‘oliblari quyidagi sovrinlardan birini qo‘lga kiritadilar:

  2024-yilda UNEP koʻmagida Barqaror turmush tarzi festivalida ishtirok etish.
  2024-yil avgust oyida Qozogʻistonda Orol dengizi boʻyicha yozgi maktabda ishtirok etish.
  2024-yil avgust oyida Qozogʻistonda qayta tiklanadigan energiya boʻyicha sayohat 2024 taʼlim sayohatida ishtirok etish.
  2024-yilning 10-13-iyun kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan “Suv barqaror rivojlanish uchun” xalqaro harakatlar oʻn yilligi boʻyicha uchinchi yuqori darajadagi xalqaro  konferensiyada ishtirok etish.

Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/vuSTJ6nJv2VXUPHRA

 #stainabilitywithDKU #mysustainablelifestyle #uneplifestyle