TIQXMMI yangiliklari

img
18.04.2024

"Amir Temur" tadbiri ingliz tilida

"TIQXMMI" MTU "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchilari N.Yuldashova va M.Ziyadulloyeva tomonidan tashkil etilgan iqtidorli talabalar bilan to'garak mashg'uloti muntazam ravishda har seshanba kuni B115-xonada olib borilmoqda, aynan ushbu to'garak qatnashchilari asosan turizm yo'nalishida tahsil olayotgan birinchi bosqich talabalaridan iborat bo'lib, asosiy maqsad ingliz tili nutq qobiliyatini shakllantirishdir. Shu maqsadda to'garak "SPEAKING CLUB" deya nomlangan, har gal qiziqarli yondashuvlar bilan boyitilgan holda talabalar bilan mashg'ulotlar tashkillashtirilib borilmoqda.

To'garak rahbari "Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi YULDASHOVA NARGIZA rahbarligi ostida ushbu iqtidorli talabalar bilan ,, Amir Temur -the great king of Movoraunnakhr’’ nomli tadbir tashkil etildi, bu tadbirdagi so'zga chiqishlar, she'r-qoshiqlar, sahna ko'rinishlarning barchasi ingliz tilida namoyish etildi. Kafedra mudiri Israilova Baxtijon tadbir so'ngida so'zga chiqib, talabalarning ingliz tilidagi nutq va ijrolaridan manmunligini bildirdilar. Bunday tadbirlar orqali to'garak qatnashchi talabalarning ingliz tilida ijro qobiliyatlari shakllantiriladi, jamoat oldida erkin nutq bayon etish ko'nikmalari rivojlantiriladi.

"Ingliz tili" kafedrasi o'qituvchisi N.Yuldashova axboroti

"TIQXMMI" MTU matbuot xizmati