TIQXMMI yangiliklari

img
06.05.2024

Bugun 6-may "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev universitetdagi Kanadalik talabalar bilan uchrashdi

Universitetda Kanadaning Vestern universitetining Ivey biznes maktabi talabalari startap va soha bo‘yicha kichik bizneslar tashkil etish, talabalar o‘rtasida bo‘layotgan TedEd loyihasi doirasida kerakli ko‘nikmalar bo‘yicha tajriba almashishdi.

Uchrashuv davomida IVEY biznes maktabi a’zolari universitetdan olgan ta’sirotlari, talabalarning o‘z sohasiga bo‘lgan qiziqishlari yuqoriligi, universitet o‘quv binolari shinam va qulayligi, talabalarning startaplar tashkil etishga bo‘lgan qiziqishlari yuqori ekanligini ta’kidlab o‘tishdi va universitet rahbariyatiga o‘zlarining cheksiz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

“O‘ylaymanki ikki universitet talabalari kelajakda manfaatli bo‘lgan loyihalar tashkil etadilar, hamda talabalar almashinuvi yaqin yillarda katta pog‘onaga ko‘tarilib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha samarali startaplar tashkil etib va ularni jamiyatga tatbiq etishlariga ishonaman va sizlarga universitet jamoasi nomidan tashakkur izhor etaman!” – deb uchrashuvni yuqori kayfiyatda yakunladi universitet rektori Mirzayev Bahodir Suyunovich.