TIQXMMI yangiliklari

img
27.09.2022

Yorqin xotira

2022 - yil 25 - sentabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetida  Sergey Borodin uy-muzeyi bilan hamkorlikda O'zbekiston xalq yozuvchisi Sergey Petrovich Borodin tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan "Yorqin xotira" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda S.Borodinning qizi Saida Xasanova, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Raim Farxadiy, Galina Dolgaya hamda A.Qahhor  uy-muzeyi va A.Qodiriy memorial muzeyi direktorlari ishtirok etishdi. Tadbirda yozuvchining yaqinlari tomonidan ijodkorning yashab o'tgan hayot yo'llari, serqirra ijodi haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi.

Universitet matbuot xizmati