TIQXMMI yangiliklari

img
17.01.2022

Iqtidorli talabalar bilan onlayn uchrashuv

Bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining iqtidorli va isteʼdodli talabalari bilan Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi. Ushbu tadbirni maqsadi, iqtidorli va intiluvchan yoshlarni Prezident va nomdor stipendiyalar hamda turli tanlovlar bilan tanishtirish, yoshlarda bu yoʼnalishda motivatsiya uygʼotishdan iboratdir. Tadbirni fakultet dekani Sh.Narbayev hamda yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʼlimi boshligʼi Zahiriddin Xolmatov, hozirda doktorant Dilmurod Аkbarov, institut matbuot kotibi rahbari R.Jumaniyozov oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Fakultetimizda bugungi kunda iqtidoli talabalarimiz soni kengayib bormoqda. Iqtidorli talabalarimiz qilgan ishlari toʼgʼrisida qizqacha maʼlumot berib oʼtmoqchiman. Iqtidorli ijodkor tashabbuskor talabalarimiz uchun fakultetda alohida 407 xona ajratilgan. Talabalarimiz fakultetda turli tadbirlar, zakovat, debat, quvnoqlar va zukkolar bundan tashqari har bir bayramlarda faol ishtirok etib keladilar.
 

 

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti rahbariyati hamda Yoshlar ittifoqi universitet boshlangʼich tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan, turli xil tadbirlar va haftaliklarga fakultetimiz iqtidorli tashabbuskor talabalar faol ishtirok etib kelimoqda. Bugungi onlayin oʼtkazilgan tadbir ham talaba-yoshlarimizga manzur boʼldi deb oʼylaymiz. Iqtidorli shijoatli yoshlarimizga qaysidir maʼnoda maʼruzachilarimiz motivatsiya uygʼotishdi deb oʼylaymiz.



 

 


TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti matbuot xizmati