“Yer resurslari va kadastr” fakulteti
Fakultet 1945-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
tarkibida “Yer tuzish” nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2004-yildan “Yerdan foydalanish va
yer kadastri”, 2018-yildan “Yer resurslarini boshqarish” nomi bilan
faoliyat koʻrsatgan. 2022-yildan “Toshkent irrigatsiya va
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti”
Milliy tadqiqot universitetining “Yer
resurslari va kadastr”
fakulteti sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Fakultet respublikada
yer resurslarini boshqarish yer tuzish, yer kadastri, geodeziya,
geoinformatika, kartografiya va kadastr sohalari boʻyicha oliy ma’lumotli
kadrlar tayyorlaydigan yetakchi maskan hisoblanadi. Fakultet dastlab tashkil
etilganda uning birinchi rahbari dotsent M.N.Maslov, keyinchalik esa professor
P.K.Tatur, dotsentlar J.K.Baranov, V.S.Artamonov, A.N.Nazirov,
A.T.Abdurazzoqov, professor O.Ramazonov, dotsent Q.Raxmonov, professor
S.Avezbayev, dotsent Z.M.Muqimov va dotsent Sh.Narbayevlar yetakchilik qilishdilar. Hozirgi
kunda PhD, dotsent A.N.Inamov fakultetga rahbarlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda
fakultetda “Yer resurslarini bosqarish”, “Geodeziya va geoinformatika”, “Davlat
kadastrlari”, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” hamda “Oliy matematika” kafedralari
faoliyat koʻrsatmoqda. Kafedralarda respublikamiz ravnaqi uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan olimlar va yetuk
professorlar A.Chertoviskiy, S.Avezbayev, O.Ramazanov, Q.Raxmonov, B.Xudayarov,
T.Ergashev, A.Babajanov, Sh.Shokiriv, Sh.Salomov, dotsentlar I.Musayev, M.Rajapbayev,
A.Jumanov, O‘.Islomov, X.Xayitov, S.Abduraxmonov, R.Oymatov, O.Ro’ziqulova,
Sh.Rahmonov, Sh.Narbayev, A.Ashurov, B.Uspankulov, O‘.Muxtorov, Sh.Boboqulov,
S.Ro‘ziboyev, Yu.Usmanov, F.To‘rayev, V.Vaxobov, N.Yuldashev, O.Kucharov,
X.Komilova, O.Xaqberdiyev,R.Egamberdiyev, O.Sindarov, J.Xayitboyeva va boshqa
malakali professor-oʻqituvchilar talabalarga bilim va taʼlim-tarbiya berishmoqdalar.
Fakultetda yer resurslarini boshqarish, yer kadastri, yer tuzish,
geodeziya va kartografiya, geoinformatika va yerni masofadan zondlash yo‘nalishlari
boʻyicha ishlab chiqarish bilan uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
Hamkor korxona va
tashkilotlar bilan birgalikda talabalarga sifatli bilim berish, zamonaviy
texnika va texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv mashg’ulotlari va o‘quv
amaliyotlarini tashkil etish hamda professor-oʻqituvchilarning malakasini
oshirish, fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun
muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-son qarorida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Suv xo‘jaligi
vazirligli, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdavyerloyiha” davlat
ilmiy-loyihalash instituti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
Kadastr agentligi va uning tasarrufidagi tizim tashkilotlari, O‘rmon xo‘jaligi
agentligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar bilan samarali ishlar amalga
oshirilmoqda.
Dekanat

Inamov Aziz Nizamovich
Texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Aziz Inamov 2015-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini “Geodeziya va kartografiya” mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan. U 2013-2014 yillarda Geodeziya kartografiya milliy markazi bosh mutaxassisi (0.5 stavka), 2015-2016 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini “Geodeziya va yer kadastri” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi, 2016-2017 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi stajyor o‘qituvchisi, 2017-2018 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi assistenti, 2018-yil “Eng yaxshi pedagog” nomeniyasiyasi bo‘yicha Respublika bosqichida g‘olib bo‘lib, dotsentlik ilmiy unvonini qo‘lga kiritdi. 2021-yilda 06.01.10- “Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi” ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini oldi, 2018-2024 yillarda “TIQXMMI” MTU “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti bo‘lib, 2024-yilda 16 fevraldan boshlab Yer resurslari va kadastr fakulteti dekani lavozimida ish olib bormoqda.

Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich
Sarvar Abduraxmonov 2005-yilda Toshkent arxitektura va qurilish institutining “Amaliy geodeziya” mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan. U 2005-2017 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining “Geodeziya va yer kadastri” kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi hamda 2011-2018 yillarda dekan muovini lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2019-yilda dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan, 2021-yilda “Geodeziya. Kartografiya” ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan. U 2021-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining” Milliy tadqiqot universiteti “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi dotsenti hamda Yer resurslari va kadastr fakulteti dekani muovini lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Xikmatullayev Sanjar Izzatullayevich
Xikmatullayev Sanjar 2014-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti magistraturasini “Geodeziya va kartografiya” mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. U 2016-2019 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi assistenti lavozimida ishlagan. 2023-yilda dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. U 2023-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Мilliy tadqiqot universitetining “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi katta o‘qituvchisi, 2024-yil sentabrdan “Yer resurslari va kadastr” fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekani muovini lavozimlarida ishlab kelmoqda. Sanjar Xikmatullayev geodeziya, kartografiya, geoinformatika, kadastr yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlarni olib boradi.
60112400 - Professional ta'lim (Yer kadastri va yer tuzish)
60112400 - Professional ta'lim (Yer kadastri va yer tuzish) Mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o’rta maxsus va kasb-hunar bilim yurtlarida o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, pedagogik hamda ishlab chiqarish faoliyatini olib borish orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalaniladigan yer resurslari, ularning yer fondi toifalari bo‘yicha taqsimlanishi, ulardan foydalanish va holatini nazorat qilish, ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan shaharlar va aholi yashash punktlari chegarasidagi yer uchastkalarini ajratish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi hududini tashkil etish, yerda foydalanishni nazorat qilish va monitoring, yer axborot tizimlari, yer tuzishda loyiha-texnik xujjatlarni tayyorlash bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega kadrlarni tayyorlashda professional ta’lim sohasi bilan shug‘ullanuvchi oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi.
60722700-Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar
60722700-Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar - Mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishi fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, yer va sayyoralarning shakli va o‘lchamlarini aniqlashda, Yerni masofaviy zondlashda borasida maxsus o‘lchovlar olib borish asosida Yer yuzasi va yer qa’ridagi boyliklarni aniqlashda, qurilish ob’ektlarini qurish va ishlatishda, mamlakatimizda karta va planlarni tuzishda masofadan zondlash usularini qo‘llash va kartografik hamda geoaxborot tizimlarini asosida masofaviy zondlash, yerni modeli sifatida ilmiy va amaliy maqsadlarda, inson faoliyatining uslub va usullari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
60722800-Кadastr (faoliyat turlari bo’yicha)
60722800-Кadastr (faoliyat turlari bo’yicha) - Mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Kadastr sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida respublikada yuritilayotgan davlat kadastrlari turlari bo‘yicha foydalaniladigan obyektlari, Kadastr agentligi infratuzilmasi va korxonalari, kadastr turlariga oid yer uchastkalari va ular hududidagi obyektlar, yerdan foydalanish, yer egaliklari, obyektlardan foydalanishning huquqiy holati, miqdori va sifat tavsifi, ulardan foydalanish hamda holatini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi.
60810600 – “Yer kadastri va yer tuzish”
60810600 – “Yer kadastri va yer tuzish” - Mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishi iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalaniladigan yer resurslari, ularning yer fondi toifalari bo‘yicha taqsimlanishi, yerdan foydalanish va yer egaliklari, yerdan foydalanishning huquqiy holati, miqdori va sifat tavsifi, ulardan foydalanish va holatini nazorat qilish, boshqarish hamda ko‘chmas mulk obyektlari, shu jumladan shaharlar, aholi yashash punktlari chegarasidagi yer uchastkalarini ajratish, ularning huquqiy statusini belgilash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hududini tashkil etish, yerda foydalanishni nazorat qilish va monitoring, yer axborot tizimlari, yer tuzishda loyiha-texnik xujjatlarni tayyorlash bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi.
60722600 – “Geodeziya va geoinformatika”
60722600 – “Geodeziya va geoinformatika” - Mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining ob’ektlari, Yer va sayyoralarining yuzalari, yer va sayyoralar qa’ridagi sun’iy va tabiiy obyektlar, jumladan ulardan foydalanish va holatini nazorat qilish va boshqarish hamda ko‘chmas mulk ob’ektlari, shu jumladan shaharlar va aholi yashash puktlari chegarasidagi yer uchastkalari, foydalanishini nazorat qilishda geodeziya, kortografiya va kadastr ishlarini yuritish; geoaxborot tizimini yuritishda geodeziya, kartografiya va kadastr ma’lumotlaridan foydalanish, loyiha texnik xujjatlari ulardan foydalanish va texnikaviy xizmat ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga oladi.
7810601-Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish
7810601-Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish - Mazkur magistratura mutaxassisligi kasb faoliyati obyektlariga, oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xuzuridagi kadastr agentligi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi vazirliklari va ularning tasarrufidagi tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va suv xo‘jaligi bo‘yicha tarmoqilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari, geodeziya va kartografiya sohasining mahsulot ishlab chiqaruvchi va va ulardan foydalanuvchi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, sug‘orish tizimi boshqarmalari, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar turli xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlari majmuini qamrab oladi.
70722601- Geodeziya va Geoinformatika
70722601- Geodeziya va Geoinformatika - Mazkur magistratura mutaxassisligi geodeziya va geoinformatika sohasi bo‘yicha analitik va sintetik fikrlash, ijodiy, tanqidiy, samarali va konstruktiv ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishdan iborat. Bundan tashqari loyihaviy-tadbiq vazifalarni hal etishga qodir mutaxassislarni tarbiyalashdan iborat. Dastur mutaxassislarning fanlararo integratsiyasini ta’minlaydi va shu bilan birga har qanday tabiiy fanlar va texnik dasturlarni o‘rganish bosqichida keyingi tadqiqotlar uchun ajoyib asos yaratadi. Talabalarga geodeziya, kartografiya, masofadan zondlash va geoinformatika sohalari bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyat yuritishlari uchun ko‘nikmalar hosil qilish hamda ta’lim olish darajasini xalqaro kontekstda ham taqqoslash imkonini beradi..
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: https:tiiame.uz
Fakultet dekani: Inamov Aziz Nizamovich
Qabul kunlari: Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma: 14:00-16:00