"Davlat kadastrlari" kafedrasi
Davlat kadastrlari kafedrasining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, xodimlari va talabalari respublikamizda amalga oshirilayotgan davlat kadastrlari yagona tizimini yuritishga oid axborotlarni yigìsh, tizimlash, tahlil qilish va istemolchilarga uzatish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan yetuk kadrlar tayyorlaydi.
Shuning bilan bir qatorda, yurtimizning
tegishli va turdosh sohalarga oid tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatilgan
bo‘lib, talabalarimizning o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tashlari
uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, ixtisoslik fanlari bo‘yicha ishlab chiqarish
tashkilotlari hamkorligida 5+1 tizimi ham joriy etilgan.
Kafedramiz
“Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
o‘qishga taklif qiladi. Ushbu yo‘nalish talabalarda davlat kadastrlari yagona
tizimi tarkibiga kiruvchi 20 ta turdagi kadastrlarni yuritish bo‘yicha nazariy,
uslubiy va amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Shu bilan
birga, talabalar Kadastr agentligi mas’uliyatidagi Davlat yer kadastri, Bino va
inshootlar davlat kadastri va Kartografiya-geodeziya davlat kadastrlarini yuritish
bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalarga erishishi uchun maxsus ixtisosslik fanlarini
mukammal egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kafedramiz
professor-o‘qituvchilari ishlab chiqarish tashkilotlarining faoliyati doirasida
bugungi kunda amalaga oshirilayotgan islohatlardan kelib chiqqan holda dars
jarayonilarida AutoCAD, UzKAD, KM-3, YAT va ArcGIS kabi zamonaviy mahsus
dasturiy ta’minotlardan keng foydalanib kelmoqdalar. Shuningdek, kafedramiz
jamoasi sohaga oid xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqotlar va xo‘jalik
shartnomalarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedramiz
professor-o‘qituvchilari rivojlangan mamalakatlarning ilg‘or universitetlarida
bilim-tajribalarini oshirgan va yetuk olimlari bilan hamkorlik o‘rnatgan.
Kafedramiz
professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalarining sohaga oid
bilimlarini rivojlantirish va hamkorlik qilishlari uchun muntazam ravishda xalqaro
konferensiyalar va seminarlar tashkil etamiz.
Hamkorlik
o’rnatish uchun biz bilan bog’laning va birgalikda ishlashni muhokama qiling.
Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalar:
1. “Junior pilot markazi modelini yaratish”
Kafedra professor o’qituvchilari
tomonidan “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida
startap loyihalar tanloviga “Junior pilot markazi modelini yaratish” nomli
loyiha ustida tadqqiqit ishlari
olib borilmoda
2. “Mahalla elektron pasporti
mobil ilovasini shakllantirish”
“Mahalla elektron pasporti” ning yo‘lga qo‘yilishi natijasida mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida yer axborot tizimining viloyatdagi mavjud yer resurslardan foydalanishning nazorat qilish, aholiga tegishli yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, ma’lumotlar aktualligini ta’minlash maqsadida “Mahalla elektron pasporti” mobil axborot tizimi Davlat kadastrlari palatasining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish tavsiya etiladi. Mazkur “Mahalla elektron pasporti” veb ilovasining ishlash tamoyili ochiqlik siyosatini yuritishga, yerdan foydalanishga oid jarayonlarni maksimal tarzda raqamlashtirishga qaratilgan. Ushbu loyihani amalga oshirishda kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.Buning uchun obyekt sifatida Yuksalish M.F.Y. tanlab olingan.
Bog‘dod tumani hududidagi M.F.Y.lar
ta’svirlangan xarita.
2-Rasm. Yuksalish M.F.Y. mavjud kamchiliklarni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlardan lavha.
Xalqaro maqolalar
1. Abdullo Ashurov
va Djasur Kubaev (2023)
Foreign experience in the development of land use for households, E3S Web Conf., 386 (2023) 05007, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338605007
2. Mokhigul
Abdurakhimova, Kosimdjon Rakhmonov, Bekjan Uspankulov, (2023), Model and
algorithm of creative approaches in determining the average value of soil
quality points, E3S Web Conf., 386
(2023) 01008, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338601008
3. Sherzod Rakhmonov, Kosimdjon Rakhmonov va Ikboljon
Bozarov, (2023), Geovisualization of agricultural economic indicators, E3S Web
Conf., 386 (2023) 04009, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338604009
4. Bekjan Uspankulov, Kosimdjon Rakhmonov va Mokhigul
Abdurahimova, (2023), Foreign experience and technologies in the formation of a
state cadastral database of buildings and structures, E3S Web Conf., 386 (2023)
05009, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338605009
5. Khilola Amankulova, Mokhigul Abdurakhimova, La´szlo´ Mucsi va boshqalar, (2024), Integrating the Sentinel-1, Sentinel-2 and topographic data into soybean yield modelling using machine learning, Journal of Advances in Space Research, (2024) 4052–4066, DOI: https://doi.org/10.1016/j.asr.2024.01.040
6. Azamat Jumanov, Sharafatdin Narbaev va boshqalar, (2023) Analysis of mountain and sub-mountain areas degradation using GIS technologies in Parkent district, Uzbekistan, E3S Web Conf., 401 (2023) 02011, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202340102011
7. Rustam Oymatov, Mamanbek Reymov, Sharafiddin Narbaev
va boshqalar, (2023), Development of the technological system of creating an
electronic map of agriculture using GIS technology, E3S Web Conf., 386 (2023)
04002, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338604002
8. Ilyaskhoja Jumaniyazov, Azizbek Orazbaev va boshqalar,
(2024), Analysis of soil salinity monitoring in irrigated areas (in case of
Shimbay district, Republic of Karakalpakstan), E3S Web Conf., 590 (2024) 01006,
DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459001007
9. Zokhid Mamatkulov va boshqalar, (2024), Study of
pasture biomass and grazing intensity using remote sensing data in mountain
area, E3S Web Conf., 590 (2024) 01006, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459001010
10. Aleksandr Chertovitskiy , Sharafatdin Narbaev va
boshqalar, (2024), Sugarcane Mapping and Harvest Monitoring using ML and Google
Earth Engine, E3S Web Conf., 590 (2024) 01006, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459003004
11. Bakhodir Abdimuminov, Zokhid Mamatkulov va boshqalar,
(2024), Monitoring and mapping of desertification process using geospatial data
and GIS technologies in Mirzachul area, E3S Web Conf., 590 (2024) 01006, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459003008
12. Rifat Boymurodov, Abdullo Ashurov va boshqalar, (2024), Monitoring land use and land cover (LULC) in the Khorezm oasis using the Esri Sentinel-2 Land Cover Explorer database, E3S Web Conf., 590 (2024) 01006, DOI: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459004001
Xalqaro hamkorlarimiz
1. Moskva davlat yer tuzish universiteti.
2. K.A.Timeryazeva
nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi.
3. Latviyaning
Vytautas Magnus(VMU) universiteti
4. Ostona
agrar universiteti
5. Xitoy
Xalq Respublikasi Nanjing fan va axborot texnologiyalari universiteti
Mahalliy hamkorlarimiz
1.Kadastr agentligi
2.Davlat kadastrlari palatasi
3.O‘zdavyerloyiha DILI
4. Respublika aerogeodeziya markazi
5. O‘rmon
xo‘jaligi agentligi
Kafedra xodimlari

Mamatqulov Zoxid Jonqobilovich
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Geoinformatika, Masofadan zondlash yordamida kadastr obyektlarini raqamlashtirishning
z.mamatqulov@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-68

Raxmonov Qosimdjon
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Davlat yer kadastri axborotlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: Yer kadastri, kadastr ishlarini tashkil etish, Yer axborot tizimi, Davlat kadastrlari.
+99890 985-01-26

Narbayev Sharafatdin Kengeshovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Chorvachilikni rivojlantirishda yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish.
O'qitish fanlari: Yer monitoringi, Tabiiy resurslar kadastri. O'rmon kadastri
+99871-237-09-68

Ashurov Abdullo Fayzulloyevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Barqaror rivojlanish sharoitida dehqon xo‘jaliklarining yerdan foydalanishning texnik-iqtisodiy va ekologik tamoyillarini takomillashtirish.
O'qitish fanlari: Yer kadastri, Yer monitoringi, Bino va inshootlar kadastri. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri, avtomobil yo'llari davlat kadastri va hududlarning muhandislik jihozlari.
+99893-512 08 53

Axmadaliyev Vaxobjon Abdiraxmonovich
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Dars beradigan fanlar: Yer monitoring,
O'qitiladigan fanlar: Yer monitoringi, Tabiiy resurslar kadastri, O'rmon kadastri
+99871-237-09-68

Abdurahimova Mohigul Oybek qizi
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Kadastr axborotlarini raqamlashtirish metodologiyasini takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Yer kadastri nazariyasi, Yer axborot tizimi.
+99871-237-09-68

Ismonov Shukurilloxon Rustamxon oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Qishloq xoʻjaligi yerlarini baxolashning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish
Dars beradigan fanlar: Yer kadastri, Davlat kadastrlari
+99871-237-19-09

Uspankulov Bekjan Musabekovich
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Bino va inshootlar davlat kadastri
Dars beradigan fanlar: Davlat kadastrlari asoslari, Bino va inshootlar davlat kadastri.
b.uspankulov@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-68

Qo‘ldosheva Aziza Kamoliddinovna
Ilmiy tadqiqot yo'nalishi: GIS texnologiyalari asosida yo'l kadastrini yuritish nazariyasi
Dars beradigan fanlar: Kadastrda GAT, Davlat shaharsozlik kadastri
q.quldasheva@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-68

Kubayev Jasur Abdumo‘minovich
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Qishloq xo‘jaligi yerlarini miqdor va hisobini yuritishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash
Dars beradigan fanlar: Raqamli yer kadastri, Kadastr ishlarini tashkil etish
j.kubayev@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-68

Norboyeva Dilshoda G‘ayrat qizi
Ilmiy tadqiqot yoʻnalishi: Davlat geodezik tarmoqlarini raqamlashtirish
Dars beradigan fanlar: Davlat kadastrlari, Davlat kadastrlari asoslari.
d_norboyeva@tiiame.uz staff.tiiame.uz
+99871-237-09-68
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Aholi punkti yerlari kadastri | Aholi punkti obʼyektlari, ularning jugʼrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari toʼgʼrisidagi bilimlarni o‘rgatadi |
2 | Kadastr ishlarida kompyuter grafikasi | Davlot kadastrlarini yuritishda plan kartografik mahsulotlar bilan ishlash hamda ularni yaratishni dasturiy ta’minot asosida bajarish usullarini o‘rgatadi. |
3 | Kadastr obyektlarini ro‘yxatga olish | Yerga mustahkam bog‘langan (bog‘liq) soni va qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan, yer uchastkalarga va boshqa ko‘chmas mulklarga bo‘lgan mulkchilikni umumiy xatga olish (ro‘yhatga olish) ishlarini o‘rgatadi |
4 | Kadastrda GAT | Kadastrda bajariladigan ishlarning qonun va qoidalarini mukammal bilishlari, unda qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni, shartli belgilarni, komp’yuter texnologiyalarida maxsus (Auto Cad, Arc Giss kabi) dasturlar bilan ishlashni o‘rgatadi. |
5 | Navbatchi kadastr xaritalarini yuritish | Barcha yer uchastkalari chegaralarini yetarli darajada aniq ko‘rsatish imkonini beradigan masshtabda, elektron va qog‘oz shaklida tayyorlash, keyinchalik xaritaga yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari tarkibida, shuningdek chegaralarda bo‘lgan o‘zgarishlar muntazam ravishda kiritib borish ishlarini o‘rgatadi. |
6 | Yer monitoringi | Yer fondining holatini uzluksiz kuzatish tizimini, yerlarda ro‘y bergan salbiy jarayonlarni o‘rganish, tahlil qilish, ularni ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy baholash usulini, salbiy jarayonlarni prognozlash, ularning oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni o‘rgatadi. |
7 | Kadastr ishlarini tashkil etish | Davlat kadastrlarini yaratish va yuritishni tashkil etish va uni boshqarish , kadastr ishlarining rivojlantirish tarixi, davlat kadastrlarini yaratish va yuritishda xorijiy mamlakatlaming tajribalari, 0‘zbekiston Respublikasida davlat kadastrlarini yaratish va yuritishda xorijiy mamlakatlarini tajribalari, 0‘zbekiston Respublikasida davlat kadastrlarini yaratish va yuritishni tashkil etishga oid masalalarni o‘rgatadi |
8 | Davlat o‘rmon kadastri | Oʼrmon kadastri obʼyektlari, ularning jugʼrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʼgʼrisidagi bilimlarni o‘rgatadi |
9 | Bino va inshootlar davlat kadastri | Bino va inshootlarga bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rgatadi. |
10 | Hududlar kadastri | Hududlar kadastrini tashkil etish, yagona uslubiyat asosida yuritish, kadastr ma’lumotlarini yagona tizimga keltirish, davlat kadastrlari xizmat tizimi va vazifalarini bajara olish, kadastr yo‘nalishlarini yuritishda o‘zaro bog‘liqlik va ketma-ketligini ta’minlay olish, tabiiy resurslar va chiziqli turdagi kadastrlarni yuritish usullarini o‘rgatadi. |
11 | Davlat kadastrlarini huquqiy ta’minoti | Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiruvchi 21 ta kadastrlarning xuquqiy asosini o‘rgatadi. |
12 | Raqamli yer kadastri | Yer uchastkalariga bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, miqdor, sifat va me’yoriy baholash ishlarini tashkil etish hamda ularni bajarishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash yo‘llarini o‘rgatadi |
13 | Davlat kadastrlari ma’lumotlar bazasi | Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiruvchi 21 ta kadastrning tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan taqdim qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirish hamda raqamli ma’lumotlar bazasini shakllantirish ishlarini o‘rgatadi |
14 | Davlat shaharsozlik kadastri | Aholi turmush madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratish kabi masalalar qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni va unga mos ravishda xududni tashkil qilish usullarini asoslash, yerlarning optimal o‘lchamlari va tarkibini belgilash, ular rivojlanishining ustivor yo‘nalishlarini tanlash, samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashni o‘rgatadi. |
15 | Yer kadastri | Yer uchastkalariga bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, miqdor, sifat va me’yoriy baholash ishlarini o‘rgatadi. |
16 | Davlat kadastrlari asoslari | Davlat kadastrlarining shakllanishi hamda ularni davlatning rivojlanishida islohotlardagi o‘rni bo‘yicha kadastrtr asosini o‘rgatadi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://lulc.tiiame.uz/oz/page/dk-tarixi
Kafedra mudiri: Mamatqulov Zoxid Jonqobilovich
Qabul kunlari: None