"Geodeziya va geoinformatika" kafedrasi

Geodeziya va Geoinformatika kafedrasining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, xodimlari va talabalari mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalaridagi muammolarni geofazoviy ma’lumotlar yordamida hal etishga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Kafedra geodeziya, kartografiya, masofadan zondlash va geoaxborot tizimlari yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Shu bilan birga, ilmiy tadqiqotlar va xo‘jalik shartnomalari doirasida faoliyat olib boriladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitetlarda bilim va tajriba oshirgan, hamda xalqaro miqyosdagi taniqli olimlar bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, yurtimizning sohaga oid tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgan bo‘lib, talabalarning amaliyot va stajirovka o‘tashlari uchun zarur sharoit yaratilgan.


Ta'lim yo‘nalishlari va ilmiy faoliyat

Kafedramizda quyidagi ta'lim dasturlari faoliyat ko‘rsatmoqda:

·Bakalavr dasturlari: Geodeziya va geoinformatika, Kartografiya va masofadan zondlash

·Magistratura dasturi: Geodeziya va geoinformatika mutaxassisligi.

·Doktorantura dasturi: 11.00.07 - Geoinformatika ixtisosligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.

Bugungi kungacha doktorantura dasturida 15 nafardan ortiq tadqiqotchilar tahsil olgan, ulardan 3 nafari PhD darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Kafedraning ilmiy faoliyati quyidagi sohalarda amaliy qo‘llanilmoqda: 

Yer, suv va tabiiy resurslarini boshqarish.

Aerokosmik uslublar asosida mavzuli xaritalarni tuzish

Zamonaviy geodezik uslublar yordamida topografik syomkalarni bajarish, gidrotexnik inshootlarni qurish va ularning holatini baholash.

Shaharsozlik va atrof-muhit muhofazasi.

Kafedra tadqiqotlari geodezik asboblar, dronlar, aerokosmik tasvirlar, statistik tahlillar, mashinali o‘rganish va sun’iy intellekt usullari yordamida amalga oshirilmoqda.


Tadbirlar va hamkorlik

Kafedramiz professor-o‘qituvchilari,  doktorantlari  va  talabalari  uchun  sohaga  oid  bilim  va  ko‘nikmalarni  rivojlantirish  maqsadida  xalqaro  konferensiyalar va  seminarlar  muntazam  tashkil etiladi.  Shuningdek,  yangi ilmiy  va amaliy  loyihalar uchun  hamkorlik qilish  imkoniyatlari doimiy  ravishda  kengayib  bormoqda.

Hamkorlik o‘rnatish va loyihalarda birgalikda ishlashni muhokama qilish uchun biz bilan bog‘lanishingizni tavsiya etamiz.

Kafedra tarixi

"Geodeziya" kafedrasi tarixi 

1920 yilda O‘rta Osiyo Davlat Universitetida professor I.M. Lebedinskiy tomonidan tashkil etilgan. 1934 yilda kafedra mudiri M.I. Maslov boshchiligida butun professor-o‘qituvchilar jamoasi bilan universitetimiz tarkibiga o‘tkazilgan. 


Laboratoriyalarimiz

Geoinformatika Qo‘shma Ilmiy Tadqiqot Markazi Erasmus+dasturining “DSinGIS: Geoinformatika sohasida doktorantura” va “NICoPA: Aniq (koordinatali) qishloq xo‘jaligi uchun yangi va innovatsion kurslar” loyihalari doirasida “Geoinformatika Qo‘shma Ilmiy Tadqiqot Markazi” tashkil etildi. Ushbu markaz geoinformatika sohasidagi ilmiy izlanishlar va amaliy tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va uskunalar bilan jihozlangan.

Markaz tarkibi

DSinGIS loyihasi doirasida:

GAT tadqiqot xonasi.

Elektron o‘quv xonasi.

Ma’lumotlar bazasi xonasi.

Geoinformatika laboratoriyasi.

NICoPA loyihasi doirasida:

Aniq (koordinatali) qishloq xo‘jaligi xizmat ofisi.

Raqamli o‘quv xonasi.

Markaz uchun DSinGIS loyihasi hisobidan 145 ming yevro, NICoPA loyihasi hisobidan 32 ming yevro miqdorida jihozlar harid qilindi. Ushbu jihozlar zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishga imkon beradi.

Markazning asosiy vazifalari

Ilmiy izlanishlar va innovatsion yechimlar yaratish:

Qishloq va suv xo‘jaligi obyektlarining holatini tahlil va monitoring qilish, geoinformatika asosida qarorlar qabul qilishga yordam beruvchi amaliy dasturlar va usullarni ishlab chiqish.


Ta'lim va malaka oshirish:

·Qishloq va suv xo‘jaligi, yer resurslarini boshqarish, va kadastr sohalari xodimlari uchun geoinformatika va masofadan zondlash bo‘yicha treninglar tashkil etish.

·Bakalavriatura, magistratura va doktorantura bosqichidagi talabalar uchun geoinformatika bo‘yicha ilg‘or bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.

·Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish.


Tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish:

Yer va suv resurslarini boshqarish, qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini takomillashtirish, atrof-muhit muammolarini hal etishda zamonaviy geoinformatik yondashuvlarni joriy qilish.


Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo’jalik shartnomalar:

Geofazoviy usullar orqali organik va an’anaviy dehqonchilikni qo’llab-quvvatlash

Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish va boshqarishda geofazoviy texnologiyalar joriy etilmoqda. Mamlakatimizda ham «Raqamli qishloq xoʻjaligi»ni rivojlantirish uchun bir qator huquqiy hujjatlar, jumladan, Prezidentning «Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlashga oid Farmoni va Vazirlar Mahkamasining qishloq xoʻjaligini raqamlashtirishga oid qarorlari qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda yerni masofadan zondlash va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish asosiy vazifa sifatida belgilangan.     

Loyihaning maqsadi – Vengriya va O‘zbekistonda organik va an’anaviy qishloq xo‘jaligini yuritishda manfaatdor tomonlarni geofazoviy usullar va texnologiyalar bilan qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Loyiha tomonlarning bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, bunda tomonlar: jumladan, Nireghaza universiteti jamoasi organik dehqonchilikka e’tibor qaratishsa, “TIQXMMI” MTU jamoasi geoaxborot tizimi (GAT) va yerni masofadan zondlash (YMZ) orqali modellashtirish usullaridan foydalangan holda ekinlarning holati, rivojlanishi, o‘g‘itga talabi hamda kutilayotgan hosilni bashorat qilish uchun metodologiya ishlab chiqishga o‘z e’tiborini qaratadi. Loyiha davomida har ikki tomon o‘zaro tajribalaridan foydalangan holda ularni amalda qo‘llashlari ko‘zda tutilgan.

 2022 yilda Oʻzbekiston va Vengriya hamkorligida oʻtkazilgan ilmiy loyihalar tanlovi natijasida “Geofazoviy usullar orqali organik va anʼanaviy dehqonchilikni qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi. Ushbu loyiha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Vengriyaning Nireghaza universiteti olimlari hamkorligida 2023 yil oktabr oyida boshlandi va 3 yil davom etadi. 


Loyihadan kutilayotgan ilmiy-amaliy natijalar quyidagilardan iborat :

1. Organik o‘g‘itlarning qishki bug‘doy va paxta ekinining rivojlanishiga ta’siri hamda an’anaviy qishloq xo‘jaligiga tayangan holda yetishtiriladigan qishki bug‘doy va paxta ekini o‘rtasidagi tafovut YMZ ma’lumotlari asosida aniqlanadi.

2. YMZ ma’lumotlar tahlili va rentabellik xaritalari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatishda eng yaxshi aniqlikni ko‘rsatadigan algoritm kelgusi yillar uchun hosildorlikni bashorat qilish uchun ishlatiladi.

3. Ishlab chiqilgan model yordamida fermerlar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun qulay bo‘lgan veb-dastur yaratiladi. Veb-dasturiy ta’minot ma’lumotlar to‘plamini serverlarga avtomatik ravishda yuklab olish va tahlil qilish hamda xaritalar yaratish imkoniyatini beradi.

4. Shuningdek, mazkur veb-sayt o‘g‘itlashning ekinlarga ta’siri, kassalanish va boshqa omillar tufayli ekinning yomon rivojlanishini erta aniqlashga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida, tegishli tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etishga ko‘maklashadi.

5. Ushbu loyiha natijasida yaratilgan elektron xaritalar fermerlarga o‘g‘itlar, pestitsidlar va boshqa davolash usullarini ekin dalalari kesimida, qachon va qaerda joriy etish qarorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi bo‘lib xizmat qiladi.

6. Taklif etilayotgan tadqiqotlar resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhit ifloslanishining oldini olish orqali muhim iqtisodiy va ijtimoiy ta’sir ko‘rsatadi.

7. Ishlab chiqilgan tizim O‘zbekiston Respublikasining butun qishloq xo‘jaligi sohalarini qamrab olish va qishloq xo‘jaligi sohasiga tijorat xizmatlarini taklif qilishni yanada rivojlantirishga hizmat qiladi.

8. Loyiha doirasida Vengriya davlati olimlari bilan hamkorlikda «Scopus» va «Web of Science» ilmiy texnik bazasiga kirgan jurnallarda maqolalar chop etiladi.

9. Loyiha doirasida 1 ta tayanch doktorant (PhD) va 3 ta magistrlik dissertatsiyasi himoya qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun: https://socfarm.tiiame.uz/


Gеofazoviy tahlilga asoslangan holda cho‘llanish jarayonini monitoring qilish uslublarini takomillashtirish (Orolbo‘yi xududi misolida)

Tadqiqotning maqsadi va  vazifalari: 

◦ Geofazoviy ma’lumotlari asosida cho‘llashish jarayonini monitorining nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish va Orol bo‘yi xududida cho‘llashgan yer maydonlarini xaritasini tuzish;

• geofazoviy ma’lumotlari asosida cho‘llashish jarayonini  aniqlash va tahlil qilish usulini takomillashtirish;         

• geofazoviy tahlili asosida cho‘llashish jarayonini monitoring qilishning maqbul uslubini takomillashtirish;         

• Orol bo‘yi xududini cho‘llashish holati bo‘yicha 30 yillik geofazoviy ma’lumotlar asosida cho‘llashishni monitoring qilish;         

• tanlab olingan maqbul usul yordamida avtomatlashgan usulda ochiq veb-xizmat tizimini ishlab chiqish. 

 

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:         

Geofazoviy ma’lumotlar va geoaxborot tizimi texnologiyalari asosida Orolbo‘yi xududining cho‘llashgan yer maydonlari turlarini aniqlash, holatini tahlil qilish, kuzatish va ularga doir geoma’lumotlar bazasini yaratish texnologiyasi ishlab chiqilgan;         

Orolbo‘yi xududining cho‘llashgan yer maydonlarini GAT indekatsiyalarini solishtirgan holda cho‘llashish jarayonini monitoring qilishdagi eng maqbulini aniqlash uslubi tanlab olindi;         

Geoaxborot texnologiyalari orqali cho‘llashgan yer maydonlarini  monitoring qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan;         

Cho‘llashish jarayonini monitoring qilishni avtomatlashtirish maqsadida Google Earth Engine va Python yordamida avtomatlashgan dasturlash platformalari yordamida veb- sahifa tizimi yaratilgan.


Xalqaro maqolalar

1. I. Aslanov, N.Teshaev va boshqalar, (2024) Characterizing land surface dynamics in Aral Sea basin of Uzbekistan using climatic and remote sensing data
to project future conditions, E3S Web Conf., 575 (2024) 04009, DOI:https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457504009

2.S.KhasanovR.Oymatov va boshqalar. (2023) Canopy temperature: as an indicator of soil salinity (a case study in Syrdarya province, Uzbekistan), IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, Volume 1142, DOI: https://doi.org/10.1088/1755-1315/1142/1/012109

3.Abdurakhmonov, S., Bekanov, K., Embergenov, N., Eshnazarov, D., 2023. Hydrological modeling of agricultural lands on the basis of GIS technologies (On the example of the Chimbay district of the Republic of Karakalpakstan). E3S Web Conf. 386, 02004. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338602004

4.Amankulova, K., Farmonov, N., Mukhtorov, U., Mucsi, L., 2023. Sunflower crop yield prediction by advanced statistical modeling using satellite-derived vegetation indices and crop phenology. Geocarto International 38, 2197509. https://doi.org/10.1080/10106049.2023.2197509

5.Aslanov, I., Khasanov, S., Khudaybergenov, Y., Groll, M., Opp Ch, C., Li, F., Del-Valle E, R., 2021a. Land cover-adjusted index for the former Aral Sea using Landsat images. E3S Web of Conferences 227, 02005. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202122702005

6.Aslanov, I., Mukhtorov, U., Mahsudov, R., Makhmudova, U., Alimova, S., Djurayeva, L., Ibragimov, O., 2021b. Applying remote sensing techniques to monitor green areas in Tashkent Uzbekistan. E3S Web Conf. 258, 04012. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125804012

7.Inamov, A., Sattorov, S., Dadabayev, A., Narziyev, A., 2022. Geoportal visualization of state cadastre objects: (a case study from Uzbekistan). IOP Conf. Ser.: Earth Environ. Sci. 1068, 012016. https://doi.org/10.1088/1755-1315/1068/1/012016

8.Khasanov, S., Kulmatov, R., Li, F., van Amstel, A., Bartholomeus, H., Aslanov, I., Sultonov, K., Kholov, N., Liu, H., Chen, G., 2023. Impact assessment of soil salinity on crop production in Uzbekistan and its global significance. Agriculture, Ecosystems & Environment 342, 108262. https://doi.org/10.1016/j.agee.2022.108262

9.Mamatkulov, Z., Safarov, E., Oymatov, R., Abdurahmanov, I., Rajapbaev, M., 2021. Application of GIS and RS in real time crop monitoring and yield forecasting: a case study of cotton fields in low and high productive farmlands. E3S Web of Conferences 227, 03001. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202122703001

10.Oymatov, R., Reymov, M., Narbaev, S., Bakhriyev, M., Maksudov, R., Salimova, B., 2023. Development of the technological system of creating an electronic map of agriculture using GIS technology. Presented at the E3S Web of Conferences. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338604002

11.Oymatov, R.K., Mamatkulov, Z.J., Reimov, M.P., Makhsudov, R.I., Jaksibaev, R.N., 2021. Methodology development for creating agricultural interactive maps. Presented at the IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. https://doi.org/10.1088/1755-1315/868/1/012074

12.Shokirov, S., Jucker, T., Levick, S.R., Manning, A.D., Bonnet, T., Yebra, M., Youngentob, K.N., 2023. Habitat highs and lows: Using terrestrial and UAV LiDAR for modelling avian species richness and abundance in a restored woodland. Remote Sensing of Environment 285, 113326. https://doi.org/10.1016/j.rse.2022.113326

13.Shokirov, S., Jucker, T., Levick, S.R., Manning, A.D., Youngentob, K.N., 2024. Using multiplatform LiDAR to identify relationships between vegetation structure and the abundance and diversity of woodland reptiles and amphibians. Remote Sens Ecol Conserv rse2.381. https://doi.org/10.1002/rse2.381

14.Shokirov, S., Schaefer, M., Levick, S.R., Jucker, T., Borevitz, J., Abdurahmanov, I., Youngentob, K., 2021. Multi-platform LiDAR approach for detecting coarse woody debris in a landscape with varied ground cover. International Journal of Remote Sensing 42, 9324–9350. https://doi.org/10.1080/01431161.2021.1995072

15.Jumanov, A., Khasanov, S., Tabayev, A., Goziev, G., Uzbekov, U., Malikov, E., 2020. Land suitability assessment for grapevines via laser level in water-scarce regions of Uzbekistan (in the case of Kashkadarya province). IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614, 012150. https://doi.org/10.1088/1755-1315/614/1/012150    

16.Mamatkulov,Z "Study of pasture biomass and grazing intensityusing remote sensing data in mountain area" https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459001010

17.Oymatov, R.K., "Characterizing land surface dynamics in Aral Sea basin of Uzbekistan using climatic and remote sensing data to project future conditions" https://doi.org/10.1051/e3sconf/202457504009

18.N.Teshaev, "Monitoring Trends of SO2 level Using Time-Series Sentinel-5 Images Based on Google Earth Engine" https://doi.org/10.1051/e3sconf/202456303068.

19.O. Ruzikulova , "Comparative Analysis of Sentinel-2 MSI and Landsat-8 OLI for Enhanced Land Monitoring" https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459004009

20.A.Valiyeva, "The role of remote sensing data in providing land monitoring information" https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459004010.


Xalqaro hamkorlarimiz

1.    Nanjin axborot texnologiyalari universiteti (Xitoy)

2.    Obuda universiteti (Vengriya)

3.    Zalsburg universiteti (Avstriya)

4.    MIGAIK universiteti (Rossiya)

5.    Nerighaza universiteti (Vengriya) 

Universitet rektorining topshirig‘iga asosan Yer resurslari va kadastr fakulteti dekani A.Inamov hamda “Davlat kadastrlari” kafedra mudiri Z.Mamatkulovlar 24-26 oktabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Xi’an Provinsiyasida bo‘lib, provinsiyadagi Xidian universitetiga tashrif buyurishdi. Universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuv memorandum imzolandi. Kelishuv memorandumida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Xidian universiteti professor-o‘qituvchilarining akademik mobilligini tashkil etish, universitetlarning iqtidorli talabalari, yosh olimlari va professor-o‘qituvchilarining qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarini tashkil etish, hammualliflikda yuqori impakt faktorli jurnallarda maqolalar chop etish va “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti va Xidian universiteti hamkorligida konferensiyalar va seminar-treninglar  tashkil etish masalalari ilgari surilgan.


Mahalliy hamkorlarimiz

Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi shu kunga qadar quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlik qilib kelmoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi, Respublika aerogeodeziya markazi, Davlat kartografiya-geodeziya jamg‘armasi, “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, “Geoinnovatsiya markazi” DUK, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji kabi idoraviy tashkilotlar bilan to’g’ridan to’g’ri hamkorlik ishlari olib borilib bitirivchi talabalar ishlab chiqarish hamda bitiruv oldi amaliyotlari ham aynan shu va boshqa tashkilotlarda amaliyot o’tashlariga sharoitlar yaratilgan .

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan qabul qilingan qo'shma qarorlari asosida, "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining Geodeziya va geoinformatika kafedrasi filiali tashkil etilgan.

Ushbu kafedra filiali asosan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarga zamonaviy geodeziya va geoinformatika sohalarida chuqur bilim olish imkoniyatini beradi. Bu yerda olib boriladigan darslar va amaliyotlar yuqori texnologiyalar va so‘nggi ilmiy yutuqlar asosida tashkil etilgan, bu esa talabalarning sohada raqobatbardosh bo‘lishlarini ta’minlaydi.

Bugun Markaz direktor o'rinbosari Sh.Aripov tomonidan "TIQXMMI" MTU 3-bosqich talabalariga geodeziya, kartografiya, topografiya va yerlarni masofadan zondlash bo'yicha amaliy mashg'ulot o'tilib, talabalarni qiziqtirgan savollariga  javoblar berildi.

Mazkur o’rganishlar ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalarni ilgari surishga qaratilgan siyosatning bir qismi bo'lib O‘zbekistonning ta’lim tizimida muhim o‘rinlardan biri hisoblanadi.     

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan qabul qilingan qo'shma qarorlari asosida, Respublika aerogeodeziya markazida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining Geodeziya va geoinformatika kafedrasi filiali tashkil etilgan. Ushbu kafedra filiali asosan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarga zamonaviy geodeziya va geoinformatika sohalarida chuqur bilim olish imkoniyatini beradi. Bu yerda olib boriladigan darslar va amaliyotlar yuqori texnologiyalar va so‘nggi ilmiy yutuqlar asosida tashkil etilgan, bu esa talabalarning sohada raqobatbardosh bo‘lishlarini ta’minlaydi.      

Markaz direktor o'rinbosari  Sh.Aripov tomonidan "TIQXMMI" MTU 3-bosqich talabalariga geodeziya, kartografiya, topografiya va yerlarni masofadan zondlash bo'yicha amaliy mashg'ulot o'tiblib, talabalarni qiziqtirgan savollariga  javoblar berildi.     

Mazkur organishlar ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi innovatsiyalarni ilgari surishga qaratilgan siyosatning bir qismi bo'lib🇺🇿O‘zbekistonning ta’lim tizimida muhim o‘rinlardan biri hisoblanadi.

 


Kafedra xodimlari

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri Texnika fanlari falsafa doktori, PhD dotsent
Oymatov Rustam Qamariddinovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: ”Iqlim o’zgarishi sharoitida sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlarning ekologik holatini xaritaga olishning nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirish (Zarafshon vodiysi misolida)

 r.oymatov@tiiame.uz

  +99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi T.f.n., dotsent
Musayev Ilhomjon Maksudovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: «Разработка методики создания специализированных топографических карт сельскохозяйственного назначения аридных районов с использованием материалов дистанционного зондирования»

Dars beradigan fanlar: Kartografiya, Topografiya asoslari.

 i.musaev@tiiame.uz

  +99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Texnika fanlari falsafa doktori, PhD Katta o’qituvchi
Rajapboyev Maqsud Xallievich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Geodeziya Kartografiya ixtisosligi bo’yicha “Zamonaviy geodezik texnologiyalar asosida gidrotexnika inshoatlarining cho’kishini va siljishini monitoring qilish usulini takomillashtirish" (Jizzax suv ombori misolida)

Dars beradigan fanlar: Oliy geodeziya, Injenerlik geodeziyasi.

m.rajapboyev@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Katta oʻqituvchisi
Abdiramanov Rashid Duschanovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Aholi yashash punktlari yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy tumanlari misolida)

Dars beradigan fanlar: Oliy geodeziya, Injenerlik geodeziyasi.

r.abdiramanov@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Texnika fanlari falsafa doktori, PhD dotsent
Inamov Aziz Nizamovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xo‘jaligi yerlarini soliqqa tortishda me’yoriy qiymat ko‘rsatkichlarini aniqlash tizimini takomillashtirish.

Dars beradigan fanlar: Zamonaviy geodezik asboblar, Injenerlik geodeziyasi.

a.inamov@tiiame.uz, 

  +99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Geodrafiya fanlari nomzodi Dotsent
Ro’ziqulova Oyxumor Shermamatovna

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Tibbiy geografik kartalarni tuzishda geoinnovatsion usullarni qo’lashning nazariy uslubiy assoalari (Mirzacho’l iqtisodiy rayoni misolida)

Dars beradigan fanlar: Tabiiy geografiya, Regional geografiya.

o.ruzikulova@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Texnika fanlari falsafa doktori, PhD dotsent
Islomov Oʻtkir Pirmetovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: 06.01.02. Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik

Dars beradigan fanlar: Oliy geodeziya, Injenerlik geodeziyasi.

 i.islomov@tiiame.uz

  +99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Texnika fanlari falsafa doktori, PhD dotsent
 Jumanov Azamat Norbutaevich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Melioratsiya va sug’orma dexqonchilik ixtisosligi bo’yicha Qashqadaryo viloyatining tog’ oldi mintaqalarida uzumni mahalliy oqim suvlari bilan tomchilatib sug’orishning samaradorligi.

Dars beradigan fanlar: Oliy geodeziya, Injenerlik geodeziyasi.

 a.jumanov@tiiame.uz

  +99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Texnika fanlari falsafa doktori, PhD dotsent
Hayitov Xolmurod Jomardovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi ixtisosligi bo'yicha "Bir tomonlama poymali daryolarda ko'ndalang dambalarni hisobiy asoslash usullarini takomillashtirish"

Dars beradigan fanlar: Oliy geodeziya, Injenerlik geodeziyasi.

 x.xayitov@tiiame.uz

  +99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Texnika fanlari falsafa doktori, PhD dotsent
 Muxtorov Oʻzbekxon Burxonovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish

Dars beradigan fanlar: Geoaxborot tizimlari, Injenerlik geodeziyasi.

 u.muxtorov@tiiame.uz

  +99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Texnika fanlari falsafa doktori, PhD dotsent
 Abduraxmonov Sarvar Narzullayevich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: "GAT asosida demografik jarayonlarni kartaga olishning ilmiy - uslubiy asoslarini takomillashtirish. (O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari misolida)"

Dars beradigan fanlar: Ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, Kartalarni loyihalash va tuzish.

 s.abduraxmonov@tiiame.uz

  +99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi katta o'qituvchisi (Phd)
Mamatqulov Zohid Jonqobilovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Geoinnovatsion texnologiyalar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish tizimini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)

Dars beradigan fanlar: Geodeziya, Davlat kadastrlari

z.mamatqulov@tiiame.uz

  +99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Assistenti
Shavazov Temur Karimjonovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Masodana zondlash va geoaxborot tizimlari texnologiyalari yordamida eroziyaga uchragan hududlarning zamonaviy monitoring texnologiyasini yaratish.

Dars beradigan fanlar: Injenerlik geodeziyasi, Yer tuzishda geodezik ishlar.

  t.shavazov@tiiame.uz

  +99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Assistent
Valieva Albina Robertovna

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: O‘zbekiston sharoitida minoraviy inshootlarning deformatsiyasini geodezik usullar bilan aniqlashni takomillashtirish.

Dars beradigan fanlar: Geodeziya, Injenerlik geodeziyasi.

a.valieva@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Assistenti
Teshaev Nozimjon Nusratovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: GAT va Masofadan zondlash texnologiyalari asosida qishloq xo'jaligi ekinlarini tasniflash uslubini takomillashtirish

Dars beradigan fanlar: Injenerlik geodeziyasi, Yer tuzishda geodezik ishlar

n.teshayev@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Assistent
Hayitova Maqsuda Rafiq qizi

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Masofadan zondlash va GAT texnologiyalari yordamida cho’llanishni tahlil qilish usulini takomillashtirish.

Dars beradigan fanlar: Masofadan zondlash, Geoaxborot tizimlari.

m.hayitova@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Assistent
Muslimbekov Baxodir Mirza o’g’li

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: “GAT va masofadan zondlash ma’lumotlari asosida urbanizatsiyaning ekologiyaga ta’sirini aniqlash usulini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)”

Dars beradigan fanlar: Zamonaviy geodezik asboblar, Injenerlik geodeziyasi.

b.muslimbekov@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Texnika fanlari falsafa doktori, PhD
Abduraxmanov Ilhom Isakovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Geoinformatika ixtisosligi Masofadan zondlash ma’lumotlari asosida yaylovlar degrodatsiyasi manitoringini yuritish texnologiyasini takomillashtirish.

Dars beradigan fanlar: Oliy geodeziya, Injenerlik geodeziyasi.

i.abduraxmonov@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Assistenti
Jurayev Abdulla Yusupovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Yerni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida avtomatlashgan raqamli kartografik kartalar tuzish metodologiyasini takomillashtirish

Dars beradigan fanlar: Yer tuzishda geodezik ishlar, Injenerlik geodeziyasi.

a_jurayev@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Assistenti
Maxsudov Rahimjan Ilhomovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: GAT asosida sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlarini baholash xaritasini tuzim usulini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)

Dars beradigan fanlar: Ijtimoiy iqtisoodiy kartografiya, Kartalarni loyihalash va tuzish, Injenerlik geodeziyasi.

r.maxsudov@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Assistenti
Aminova Guljahon Rastam qizi

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Gis va masofadan zondlash texnologiyalari bilan shaharlardagi daraxtlar qoplamini aholini issiqlik stressiga tasirini baholash

Dars beradigan fanlar: Kartashunoslik, Kartalarni loyihalash va tuzish.

d_norboyeva@tiiame.uz

+99871-237-19-16

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi Assistenti
Aslanov Ilhomjon Muxibullayevich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Orol xududida cho’llanish jarayonini Geografik axborot tizimi va masofadan zondlashma’lumotlari asosida monitoring qilish.

Dars beradigan fanlar: Geografik axborot tizimi va masofadan zondlash.

ilhomaslanov@tiiame.uz

+99871-237-19-16

Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi doktoranti
Eshmatova Nargiza Alisher qizi

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: GAT texnologiyalari va masofadan zondlash ma’lumotlari asosida ekologik jarayonlarni kartografik modellashtirish usullarini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)

nargizaeshmatova01@gmail.com

+99871-237-19-16

Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi doktoranti
Teshayev Nozimjon Nusratovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: GAT texnologiyalari va masofadan zondlash texnologiyalari asosida qishloq xo’jaligi ekinlari turini tasniflash uslubini takomillashtirish

n.teshayev@tiiame.uz

+99871-237-19-16

Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi doktoranti
Jurayev Kurbon Hafiz o'g'li

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Masofadan zondlash ma’lumotlari asosida o’rmon o’simliklari degrodatsiyasini geofazoviy tahlil qilish usulini takomillashtirish (Zomin milliy bog’ davlat o’rmon xo’jaligi misolida)

qurbonjurayev95@mail.ru

+99871-237-19-16

Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi doktoranti
Manopov Xasan Valiyevich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Distansion zondlash ma’lumotlaridan foydalanib yerdan foydalanish maxsus kartalarini ishlab chiqish

x.manopov@tiiame.uz

+99871-237-19-16

Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi doktoranti
Mamanazarova Dilobar Baxromjon qizi

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Geoaxborot texnologiyalari asosida irrigatsiya tarmoqlari raqamli kartalarini tuzish uslubini takomillashtirish (Farg‘ona viloyati misolida)

xolmatovadilobar65@gmail.com

+99871-237-19-16

Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi doktoranti
Norboyeva Dilshoda G‘ayrat qizi

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Masofadan zondlash malumotlaridan foydalanib qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun raqamli kartalar tuzish metodikasini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida)

d_norboyeva@tiiame.uz

+99871-237-19-16

Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi doktoranti
Hamidullayev Shohjahon Shuhratovich

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Masofadan zondlash va GAT texnologiyalaridan foydalanib tog’ va tog’ oldi xududlarida sel kelish hafini monitoring qilish uslubini takomillashtirish

shohjahon1208@tiiame.uz

+99871-237-19-16

Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi doktoranti
Sobirov Muxtor Sobir o'g'li

Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: “Meteorologik ma`lumotlar va Geo-AI usullarini integratsiyalash orqali iqlimga moslashuvchan qishloq xo‘jaligini tashkil etish (Toshkent viloyati hududi misolida)”.

m_sobirov@tiiame.uz

+99871-237-19-16

Fakultet

“Yer resurslari va kadastr” fakulteti
Fakultet 1945-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibida “Yer tuzish” nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib

O'qitiladigan fanlar

Fanning nomi Fan haqida qisqacha ma'lumot
1 Masofadan zondlash (Magistratura)

Plan va kartalarni tuzishda aerofoto va kosmik suratlardan foydalanish va ular bilan buladigan muommolarni oʻrganadigan fan.

2 Amaliy geodeziya (Magistratura)

Turli injenerlik inshootlar oʻrnini qidirish, loyixalash, joyga koʻchirish, ularni qurish jarayonida geodezik oʻlchashlar bilan taʼminlash oʻrgatiladi

3 Geoaxborot tizimlari ilmiy asoslari (magistratura)

Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlash, geodezik tayanch tarmoqlarni qurish hamda uning katta qismida bajariladigan yuqori aniqlikdagi geodezik ishlar bilan shugʻullanadi.

4 Fotogrammetriya

Plan va kartalarni tuzishda aerofoto va kosmik suratlardan foydalanish va ular bilan buladigan muommolarni oʻrganadigan fan.

5 Amaliy geodeziya

Turli injenerlik inshootlar oʻrnini qidirish, loyixalash, joyga koʻchirish, ularni qurish jarayonida geodezik oʻlchashlar bilan taʼminlash oʻrgatiladi.

6 Ijtimoiy – iqtisodiy kartografiya

Ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi kartalarni taxlil qilish, tuzish oʻrgatiladi

7 Kartografik dizayn

Kartografik asarlarning tashqi koʻrinishini dizaynini ishlab chiqish, kartografik belgilarni aql-idrokka asoslangan holda loyihalashtirish va tuzish uchun tasvirlovchi vositalarni oʻrganish va tanlash, badiiy usullarni qoʻlash va qabul qilish, karta va atlaslarni yaratishda kompyuter dizayni texnologiyasidan foydalanish oʻrgatiladi.

8 Oliy geodeziya

Yerning shakli va oʻlchamlarini aniqlash, geodezik tayanch tarmoqlarni qurish hamda uning katta qismida bajariladigan yuqori aniqlikdagi geodezik ishlar bilan shugʻullanadi

9 Yer tuzishda geodezik ishlar

Yer tuzish ishlarida bajariladigan geodezik ishlar oʻrgatiladi.

10 Injenerlik geodeziya

Bino va inshootlarni loyixalash uchun joyda bajariladigan muxandislik –geodezik tadqiqotlar oʻrgatiladi

11 Geodeziya

Turli xil geodezik asboblar yordamida Yer sirtida turli xil oʻlchashlarni bajarib, ularning matematik qoidalar asosida hisoblab chiqish oʻrgatiladi

12 Kartalarni loyihalash va tuzish

Kartografiyaning asosiy qismlaridan biri boʻlib, kartaning dastlabki nusʼhasini (orginalini) tuzish va uni taxrir qilish usullarini tushuntiradi.

13 Kartashunoslik

Kartografiya fanining nazariy tomoni va uning bosib oʻtgan tarixiy ta-raqqiyot yoʻli, kartalar va boshqa kartografik tasvirlarning tiplari-ni va xillarini, karta-dan foydalanish usulla-rini, har xil kartogra-fik asarlarni tahlil qilish usullari oʻrgatilad

14 Kartografiya

Tabiat va jamiyatdagi voqea va xodisalarning joylashishini va ular oʻrtasidagi oʻzaro borliqligini, hamda ularning xususiyatlarini, vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishini, maxsus tasvir obrazli belgi modellar vositasida matematik yoʻl bilan tekislikda kichraytirib generalizatsiya qilib tasvirlashni va undan tadqiqot usuli asosida manba sifatida foydalanishni oʻrgatadi.

Boshqa ma'lumot

Veb-sayt: http://lulc.tiiame.uz/oz/page/gg-tarixi

Kafedra mudiri: Oymatov Rustam Qamariddinovich

Qabul kunlari: Har kuni 10:00-16:30

Tel: +99871-237-19-16

E-mail: r.oymatov@tiiame.uz

Tarmoqlarda: