"Yer resurslarini boshqarish" kafedrasi
Yer resurslarini boshqarish kafedrasining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, xodimlari va talabalari respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalaridagi tegishli muammolarga yer resurslarini boshqarishda mavjud muammolarga yechim taklif qiladi. Bu yo‘lda bizning kafedramiz yer tuzish, yer tuzish loyihalash, yer huquqi, yer tuzish iqtisodiyoti kabi fan resurslarida ta’lim beradi va mazkur mutaxassisliklari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lgan yetuk kadrlar tayyorlaydi, ilmiy tadqiqot institutlari jumladan “O‘zdavyerloyiha” DILI bilan hamkorlikda va turli yer tuzish loyihalashga oid bo‘lgan xo‘jalik shartnomalarni amalga oshiradi. Kafedramiz professor-o‘qituvchilari rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or universitetlarida bilim-tajribalarini oshirgan va yetuk olimlari bilan hamkorlik o‘rnatgan. Shuningdek, yurtimizning tegishli sohalarga oid tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib talabalarimizning amaliyot o‘tashlari uchun ham sharoit yaratilgan. Bundan tashqari bugungi kunda yer tuzish sohasida ta’lim olayotgan bakalavr talabalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlash maqsadida bir guruh soha bilimdon yoshlariga “O‘zdavyerloyiha” DILI stipendiyasi joriy qilingan bo‘lib, hozirda ularning soni 10 nafarni tashkil etadi. Stipendiant yoshlar bilan doimiy “O‘zdavyerloyiha” DILI mutaxassislari fikr mulohazalar uchun turli bahs munozarali uchun “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasiga tashrif buyurishib, ularning fikrlari bilan ham o‘rtoqlashishadi.
Kafedramiz tarixi.
“Yerdan foydalanish” kafedrasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida tashkil topgan bo‘lib, Kafedra 1947 yili “Yer tuzishni loyihalash” (bugungi kunda “Yer resurslarini boshqarish”) nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kungacha fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biri hisoblanadi. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yer tuzuvchi” unvoniga ega bo‘lgan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Ivan Klementevich Baranov kafedraning asoschisi va birinchi mudiri bo‘lgan. (1971-1981, 1992-1994 yy.) va iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, fakultetning ilk qaldirg‘ochi Reshat Abduraxmonovich Safagariyevlar (1981-1991yy.) kafedraga sidqidildan yetakchilik qilganlar. 1996 yildan 2009 yilgacha kafedraga iqtisod fanlari doktori, professor Sa’dulla Avezbayev rahbarlik qilib keldi. 2008-2010 yillarda kafedra mudiri lavozimini katta o‘qituvchi A.J.G‘ofirov bajargan bo‘lsa, 2010 yilning sentyabr oyidan 2012 yilning dekabr oyigacha kafedrani katta o‘qituvchi A.M.Muqumov, 2013-2014 yillari dotsent M.J.Tulyaganov, 2015-2016 yillari yana katta o‘qituvchi A.M.Muqumov boshqargan. 2016-2018 yillarda kafedrani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.R.Babajanov, 2018-2023 yillarda iqtisod fanlar doktori, professor A.S.Altiyev boshqardi, 2023-2024 yillarda kafedra mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi katta o‘qituvchi A.M.Muqumov bo‘ldi. 2022 yildan kafedra nomi “Yer resurslarini boshqarish” nomiga o‘zgartirildi. Bugungi kunda kafedrani iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, PhD, dotsent O‘.B.Muxtorov boshqarib kelmoqda.
Kafedramiz yer tuzish, yer kadastri, yer iqtisodiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr darajasini, yer resurslaridan foydalanish va boshqarish bo‘yicha magistratura, 06.01.10-yer tuzish, kadastri va yer monitoring bo‘yicha doktoranturaga o‘qishga taklif qiladi.
Ushbu yo‘nalishlar yer va suv resurslarini boshqarish, gidrotexnik inshootlarni qurish va holatini baholash, shaharsozlik, atrof-muhit muhofazasi, kabi davlatimizning bir qancha ustuvor sohalarida samarali qo‘llanilmoqda. Bizning kafedramiz mana shu sohalardagi muammolarni hal etishga geodezik asboblar, dronlar va aero-kosmik suratlardan olingan geoma’lumotlar, statistik tahlillar, mashinali o‘rganish, sun’iy intellekt uslublari yordamida ilmiy tadqiqotlar yuritadi va yechimlar taklif qiladi.
Kafedramiz professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va talabalarining sohaga oid bilimlarini rivojlantirish va hamkorlik qilishlari uchun muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar va seminarlar tashkil etilmoqda.
Hamkorlik o‘rnatish uchun administrator: @baxodir.xakimov1@gmail.com hamda fakultet elektron pochta manzili: LRM@gmail.com biz bilan bog‘laning va birgalikda ishlashni muhokama qiling.
Ixtisosligi
06.01.10 –Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi (iqtisodiyot fanlari)
Amalga oshirilayotgan loyihalar va xo‘jalik shartnomalar:
Loyihalar: O‘zbekiston Respublikasi oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirliginining “AKADEMIK HARAKTCHANLIK” dasturi doirasida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Yer resurslarini boshqarish kafedrasi”, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), Saipova Barnoxon Vapojonovnaning ilmiy izlanishlari doirasida “Geo axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali Aydarko‘l-Arnasoy-Tuzkon ko‘llari tizimi muhofaza zonalari xaritalarini yaratish” mavzusidagi 2022-yilning 12-sentyabrida imzolangan, AK-011/22 raqam bilan ro‘yxatga olingan Ilmiy loyiha ishlari bajarilgan.
Tadqiqot obyekti hisoblangan Aydarko‘l Arnasoy Tuzkon ko‘llar tizimi joylashgan Jizzax viloyatining Forish tumanida dala tadqiqotlari o‘tkazish uchun tashrif buyurildi.
Tadqiqot obyektida joylashgan mahalliy aholi bilan AATKTning paydo bo‘lishi va uni qishloq xo‘jaligi ekinlariga ta’sirini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazish jarayonlari.
Xo‘jalik shartnomalari: O‘zdavyerloyiha davlat ilmiy loyihalash instituti bilan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida tuzilgan 2023-yil 9 avgust sanasidagi 30/2023 – sonli shartnomaga asosan “Buxoro - Ural” magistral gaz quvuri yangi tarmog‘inining 528-530 km qismini qurish” ishlarini bajarishga ijara huquqi (servitut) o‘rnatish uchun yer tuzish loyiha hujjatlarini ishlab chiqish” mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi bajarilgan.
2023 – yil uchun quyidagi tarkibda “Vaqtinchalik ilmiy jamoa (VIJ)” tashkil etilgan. Ushbu shartnoma bo‘yicha bajarilgan ishlarning umumiy qiymati 25 000 000 (yigirma besh million) so‘mni tashkil etadi.
- Avezbayev Sadulla Avezbayevich Katta ilmiy xodim, xo‘jalik shartnomasi rahbari, “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi professori, i.f.d.,
- Sharipov Sayfuddin Raximovich Kichik ilmiy xodim, “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Xalqaro maqolalar.
1. Allabergen Babajanov, Bekzod Inamov, and Abdugani Muqumov, Improving the methodology of determining the level of agricultural land use based on the application of cadastral assessment materials, E3S Web of Conferences 590, 04003 (2024) GI 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459004003.
2. A. Babajanov, S. Roziboev, B Inamov, Improvement of the existing technology of cadastral assessment of irrigated crop land in case of Uzbekistan. E3S Web of Conferences 590, 04003 (2024) GI 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459004003.
3. Zukhra Jabborova, Dilshod Hudayberganov, Nargiza Kalimullina and Abdugani Mukumov,Specific features of the agricultural sector and its use, E3S Web of Conferences 590, 06004 (2024) GI 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459006004.
4. Ala Ud Din Awan, Muhammad Hasan Mustafa, Ali Tahir, Yusra Mazhar, Aleksandr Chertovitskiy and Sharafatdin Narbaev, Sugarcane Mapping and Harvest Monitoring using ML and Google Earth Engine, E3S Web of Conferences 590, 03004 (2024) GI 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459003004.
5. Saipova Barnokhon, Khamdamova Gulnoza, Vodovenko Alyona, Niyazov Vohidjon, Raximov Ulugbek, Djurayeva Dildora, Advantages of determining the area of natural water bodies based on remote sensing and GIS technologies, E3S Web of Conferences 590, 02006 (2024) GI 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459002006.
6. Azamat Jumanov, Zulfiya Khafizova, Aziza Ibraimova, Zukhra Ismailova, Dilfuza Jovliyeva and Ulugbek Absoatov, Study of the dynamics of LULC change using remote sensing data and GIS technologies (case study of the Kashkadarya region), E3S Web of Conferences 590, 04002 (2024) GI 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459004002.
7. Sadulla Avezbaev, Oybek Soatov and Sayfiddin Sharipov, Study of modern solutions for improving land preparation works on agricultural land in Uzbekistan, E3S Web of Conferences 590, 04005 (2024), GI 2024, https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459004005.
8. Sadulla Avezbaev, Sayfiddin Sharipov, Oybek Soatov and Timur Ismailov Study of methodology for the determination of environmental protection costs and their impact on the effectiveness of land management in case Uzbekistan, E3S Web of Conferences 590, 05006 (2024) GI 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459005006.
9. A. Babajanov, S. Roziboev, B Inamov, Improvement of the existing technology of cadastral assessment of irrigated crop land in case of Uzbekistan, E3S Web of Conferences 590, 04004 (2024) GI 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459004004.
10. Ainura Batykova, Beksultan Tuleev, Tamchybek Tuleev, Sobir Ruziboev, Azim Gofirov, Kuatbay Ismaylov, Albina Valiyeva, The role of remote sensing data in providing land monitoring information, E3S Web of Conferences 590, 04010 (2024) GI 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459004010.
11. Doniyor Shogdarov, Uzbekkhon Mukhtorov, Utkir Islomov, Parida Sultanbekova, Mamatkodir Nazarov, Elvina Ermakhametova and Erkin Karimov, Study of assessment and monitoring of pastures land areas in hills based on GIS technologies (case study Southern Uzbekistan), E3S Web of Conferences 590, 01006 (2024) GI 2024 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202459001006.
12. Goibberdiev S., Ikromkhodjaev G., Tajekeev Z., ... Mukhtorov U., Aslanov I. Improving the assessment of agricultural land reclamation condition using GIS based on the interdependence of the factors impact, E3S Web of Conferences, 2023, 443, 06013. https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85178275454&origin=resultslist.
13. Aslanov I., Teshaev N., Khayitov K., ... Khaitbaeva J., Murodova D. Analysis of desertification trends in Central Asia based on MODIS Data using Google Earth Engine, E3S Web of Conferences.
14. Mukhtorov U., Gapparov S., Djumaev Z., Olloniyozov, S., Karimov, E. Assessment of land reclamation status using remote sensing and GIS in territory of Pakhtakor district of Uzbekistan. E3S Web of Conferences, 2023, 401, 02002.
15. Mukhtorov, U., Sultanov, B., Ismailov, T., Rustamov, J. Innovative organization and increase of efficiency of agricultural melioration measures of Uzbekistan. E3S Web of Conferences, 2023, 386, 03009.
16. Mukhtorov U., Sultanov B., Li, M., Saidova, S.,Valieva, Z. Improving the methods of determining the amount of non-agricultural land use in agriculturae in Uzbekistan. E3S Web of Conferences, 2023, 386, 05011.
17. Amankulova K., Farmonov N., Mukhtorov, U., Mucsi, L. Sunflower crop yield prediction by advanced statistical modeling using satellite-derived vegetation indices and crop phenology. Geocarto International, 2023, 38(1), 2197509.
18. Mukhtorov, U., Aslanov, I., Lapasov, J., Eshnazarov, D., Bakhriev, M. Creating Fertilizer Application Map via Precision Agriculture Using Sentinel-2 Data in Uzbekistan. Lecture Notes in Networks and Systems, 2023, 575 LNNS, pp. 1915–1921.
Xalqaro hamkorlarimiz.
- Zagreb universiteti (Xorvatiya).
- Lund universiteti (Shvetsiya).
- Avstriyaning Zalsburg Universiteti (Avstriya).
- Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti. (Kazakhstan).
- Moskva davlat yer tuzish universiteti (Russia).
- Obuda universiteti (Vengriya).
Mahalliy hamkorlarimiz.
- Mirzu Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
- Islom Karimov nomidagi Politexnika universiteti.
- Qarshi muhandislik iqtisodiyot institute.
- Mirzu Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti.
- O‘zdavyerloyiha davlat ilmiy loyihalash instituti.
- Tuproqshunoslk va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
- Respublika aerogeodeziya markazi.
Kafedra xodimlari

Muxtorov O‘zbekxon Burxonovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan foydalanishni rag‘batlantirish.
+99890-974-91-49

Babajanov Allabergan Roʻzimovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Yer resurslarini kadastrini baholash faoliyatining ilmiy uslubiy asoslarini takomilashtirish.
Dars beradigan fanlar: Qishloq xo‘jaligi yerlari kadastri, Aholi punkt yerlari kadastri.
+99893-568-86-89

Chertovitskiy Aleksandr Stepanovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Научно-методологические основы системы земельного кадастра и экономическое обоснование достоверности земельнокадастровой информации для сельского хозяйства.
Dars beradigan fanlar: Qishloq xo‘jaligi yerlari kadastri, Aholi punkt yerlari kadastri.
+99890-968-47-52

Avezbayev Sa’dulla Avezbayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Экономические и социальные основы организации рационального использования земельных и водных ресурсов в районах экологического бедствия (на примере низовьях Амударьи)
Dars beradigan fanlar: Yer tuzishni loyihalash, Yer tuzishni loyihalashda avtomotlashgan tizimlar.
+998994-605-66-59

Muqumov Abdugʻani Muratovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sug'oriladigan yerlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish
Dars beradigan fanlar: Yer tuzishni loyihlashda avtomatlashgan tizimlar, Aholi punkt yerlari kadastri.
+99894-581-19-00

Xafizova Zulfiya Xolmuratovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Bog‘dorchilikga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari yerlaridan foydalanish tizimini takomilashtirish.
Dars beradigan fanlar: Yer tuzish iqtisodi, yer tuzishni loyihalash.
+99890-901-36-37

Usmanov Yusuf Alikulovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Qishloq xo‘jaligida holati buzilgan yerlarni tiklashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish.
Dars beradigan fanlar: Yer resurslarini boshqarish, yer huquqi
+99897-721-78-89

Sharipov Sayfuddin Raximovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Buzilgan yerlarni rekultivatsiyalashning tashkiliy va texnik jihatlari.
Dars beradigan fanlar: Yer tuzishni loyihlash, yer tuzish.
+99894-643-73-34

Roʻziboyev Sobir Boymirzayevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Lalmi hududlardan foydalanishni tashkil etishda yer va ekin turlarini optimallashtirish.
Dars beradigan fanlar: Yer resurslarini boshqarish, Aholi punkt yerlari kadastri.
+99897-721-78-89

Norimboyev Humoyun Risqitilla o’g’li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Sug‘oriladigan yerlarni iqtisodiy muhofaza qilish mehanizimini takomilashtirish.
Dars beradigan fanlar: Yer resurslaridan foydalanishni prognozlash, yerdan foydalanish ekologiyasi.
+99897-434-19-98

Saipova Barno Vapojonovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Geoaxborot texnologiyalarini qo‘llab –quvvatlash orqali Aydarko‘l Arnasoy Tuzkon ko‘llar tizimi muhofaza zonalari haritalarini yaratish.
Dars beradigan fanlar: Yer resurslaridan foydalanishni prognozlash, yerdan foydalanish iqtisodi.
+99894-369-55-51

Karomatov Valixon Shabobo o’g’li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: O‘rmon yerlarini turlarga ajratish va ularning hisobini yuritish uslubini takomilashtirish.
Dars beradigan fanlar: Yer tuzishni loyihlashda avtomatlashgan tizimlar, yer resurslarini boshqarish.
+99891-238-18-21

Boboqulov Shoxnazar Ochilovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Yerdan foydalanish va muhofaza qilish huquqini tartibga solish muomolari.
Dars beradigan fan: Yer huquqi.
+99897-229-96-00

Sadullayev Sanjar Norqul o‘g‘li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Dehqon xo'jaliklarida yerdan foydalanish samaradorlogini oshirish yo'llari
Dars beradigan fanlar: Yer tuzishni loyihalash, Aholi punkt yerlari kadastri.
+99899-876-16-67

Xakimov Boxodirjon Bahtiyorjon ug'li
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Agrar va ijtimoiy sohalar samaradoqligini oshirishda tog‘ yaylovlaridan foydalanish tizimini takomilashtirish.
Dars beradigan fanlar: Yer resurslarini boshqarish, Yer tuzish loyihalash.
+99890-962-39-69

Holbayev Bobirjon Akram o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlarni turlarga ajratish va ularning kadastr hisobini yuritish uslubini takomillashtirish
+99894-200-00-10

Yuldasheva Tursinoy G'ofurjonovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Degradatsiyaga uchragan yaylov yerlarini tiklash va ularni foydalanishga kiritish uslublarini takomillashtirish
+99895-075-74-35

Yusupov Yunus Jumabek oʻgʻli
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Qishloq aholi punktlarini joylashtirish uchun hudud tanlash uslubini takomillashtirish
+99899-700-98-40

Fayzullayev Zafarjon Sobirjon o'g'li
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Yer soligʻi tizimini yer rentasi mexanizmlarini joriy etish orqali takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari
+99895-008-01-10

Akramova Yulduz Muxtorjonovna
Ilmiy tadqiqot yo’nalishi: Oʻrmon fondi tarkibidagi foydalanilma yotgan oʻrmon xoʻjaligi yerlarini qayta foydalanishga kiritish boʻyicha uslubiyatni takomillash tirish
+99899-829-09-47
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Davlat va huquq nazariyasi | Davlatning amal qilishi va uning tuzilmaviy organlari; davlat va huquqning hozirgi zamon tushunchasi, huquq shakllari, huquq ijodkorligi, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik, ularning turlari; qonuniylik; davlat mexanizmini amalga oshirish kabi masalalarni, davlat va huquq tarixini tahlil qila oladigan, normativ-huquqiy aktlarni sharhlash va qo’llash, davlat va huquq tarixidan olgan bilimlarini tarixiy merosni hurmatlash,, hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo’llash, huquqiy muammolar bo’yicha yechimlar qabul qilish ko’nikmalariga ega kadrlarni tayyorlash |
2 | Yerdan foydalanish iqtisodi | “Yerdan foydalanish iqtisodi” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy kunikmalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifasini bajaradi |
3 | YTva YKIT va rejalashtirish | “Yer tuzish ishlarini tashkil qilish va rejalashtirish” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyo qarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi |
4 | Yer huquqi | “Yer huquqi” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, huquqiy xodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi |
5 | Yer tuzishni loyihalashda avtomatlashgan tizimi | “Yer tuzishni loyihalashning avtomatlashgan tizimlari” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, huquqiy xodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajarad |
6 | Landshaftli yer tuzish | “Landshaftli yer tuzish” fani landshaftshunoslik masalalarini o‘rganish, hududlarni landshaftlariga mos ishlarni olib borish va ayniqsa, murakkab landshaftli joylardagi eroziya jarayonlarini bilish, tuproq eroziyasining iqtisodiyotga yetkazayotgan zararlarini ilg‘ab olgan holda xo‘jaliklarning ichki yer tuzish loyihalarini tuproq eroziyalariga qarshi tadbirlar asosida ishlab chiqish, shuningdek, eroziyaga qarshi tadbirlarning iqtisodiy va ekologik samaradorligini aniqlash kabi vazifalarni o‘z ichiga oladi |
7 | Yer tuzish | “Yer tuzish” fani talabalarni nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish vazifalarini bajaradi. |
8 | Yer tuzishni loyihalash | “Yer tuzishni loyixalash” fani talabalarni yer tuzish sohasining nazariy bilimlari, amaliy koʻnikmalari, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifasini bajaradi. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://lulc.tiiame.uz/oz/page/yf-tarixi
Kafedra mudiri: Muxtorov O‘zbekxon Burxonovich
Qabul kunlari: Har kuni: 10:00-13:00