"Tuproqshunoslik va dehqonchilik" kafedrasi
Tuproqshunoslik va dehqonchilik kafedrasi qishloq xo’jaligida tuproq unumdorligini oshirish, saqlash hamda degradatsiya jarayonlariga qarshi kurash bo‘yicha dolzarb muammolarga yechim taklif qilishga yo’naltirilgan. Kafedramiz tuproqshunoslik, dehqonchilik, tuproq degradatsiyasi va meliorativ tuproqshunoslik kabi sohalarda chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Bizda tuproq unumdorligini boshqarish, tuproq degradatsiyasini oldini olish va qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini samarali qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy ta’lim beriladi. Talabalarimiz ushbu sohalarda yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun zaruriy bilim va ko‘nikmalarni egallashadi.
Kafedra “Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti” bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Ushbu hamkorlik natijasida turli tuproqlarda degradatsiya jarayonlariga qarshi kurashish va ularni bartaraf etishga qaratilgan xo‘jalik shartnomalari amalga oshirilmoqda. Professor-o‘qituvchilarimiz rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlarida bilim va tajribalarini oshirgan bo‘lib, jahon miqyosidagi olimlar bilan hamkorlik qiladi. Bugungi kunda biz Turkiyaning Anqara universiteti Ziroat fakultetining “Tuproqshunoslik va o‘simliklarni oziqlantirish” kafedrasi, Rossiyaning Komi Respublikasining Biologiya instituti tuproqshunoslik bo‘limi bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz. Yurtimizdagi tegishli tashkilotlar bilan mustahkam aloqalar o’rnatilishi natijada talabalarning tashkilotlarda amaliyot o‘tashlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Bu talabalarimizning nazariy bilimlarini real muammolarni hal qilishda qo‘llash imkoniyatini beradi.
Kafedramiz tarixi.
Kafedra 1940 yili tashkil etilgan va 1959 yilgacha unga
professor N.I.Kurbatov rahbarlik qilgan. Birinchi yillari kafedra jamoasi 10
kishidan iborat bo`lgan. Keyinchalik kafedra ilmiy salohiyati jihatidan ancha
o`sib Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy markazlardan biriga aylangan.
1959-1968 yillari
kafedrani professor I.F.Sukach boshqargan. U akademik S.P.Rijov bilan
birgalikda "Sug’oriladigan dehqonchilik" nomli O`zbekiston uchun
birinchi darslik kitobini tayyorladi va nashğ etdi. Ushbu o`quv dasrligi TIQXMMI
hamda Markaziy Osiyo respublikalaridagi boshqa qishloq xo`jalik oliy o`quv
yurtlarining talabalari uchun tuproqshunoslik, dehqonchilik va agronomiya
bo`yicha deyarli 20 yildan ortiq asosiy darslik bo`lib xizmat qildi.
Kafedra mudirlari. (1940-1959)- N.I.Kurbatov,
(1959-1968)-I.F.Sukach, (1968-1986)- A.Q.Qashqarov, (1987-1991)- K.P.Paganyas,
(1991-2012)- O. Ramazonov, (2012-2013) - S.S. Buriev, (2013-2014)-M. Piraxunov,
(2014-2015) - A.Axatov, (2015 -2017)- S.Buriev, (2017) - A.Axatov, 2017 x.v - O.E.Xakberdiev
1968-1986 yillarda kafedraga professor Qashqarov Ahmad Qashqarovich
etakchilik qildi. A.Q. Qashqarov 1912 yilda tug’ilgan, 1963 yilida Toshkent qishloq
xo`jalik institutini bitirgan va 30 yildan ortiq Butun ittifoq Paxtachilik
ITIda ishlagan. 1964 yili A.Q.Qashqarov doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Uning rahbarligi ostida kafedra jamoasi 1986 yil "Arid mintaqasidagi sug’oriladigan
dehqonchilik" nomli o`quv qo`llanmasini tayyorladi va nashr etdilar.
Umuman professor A.Q.Qashqarov rahbarligida 30 nafar fan nomzodi va 4 nafar fan
doktorlari tayyorlandi.
1987-1991 yillar kafedrani professor K.P.Paganyas boshqargan.
U professor K.M.Mirzajonov bilan birgalikda "Yerlarni eroziyadan va
deflyatsiyadan muhofaza qilish" nomli kitobni nashr etdilar. 1991-2014
yillarda kafedraga professor O.R.Ramazonov, dotsentlar K.O.Egamqulov, E.A.Ziyomuhamedov,
N.B.Qashqarov, S.Bo`riev, M.Piroxunov, A.Axatov, S.Burievlar mudirlik qilganlar.
2017 yildan boshlab esa dots. O.E.Xakberdiev kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedrada 4 ta professor, 6 ta dotsent, assistent, laboratoriya mudiri va loborantlar faoliyat ko`rsatmoqda. 2023 yildan kafedra qoshida “Biotexnologiya” ixtisosligi bo’yicha magistratura yo’nalishi faoilyat olib bormoqda.
Hamkorlik o‘rnatish uchun administrator: j.haitbaeva84@gmail.com hamda fakultet elektron pochta manzili: LRM@gmail.com murojaat qiling.
Laboratoriyalarimiz
Tuproq tahlillari laboratoriyasi
•Tuproq va o’simlik tarkibidagi Azotni (N), Fosforni (P) va
Kaliy (K) aniqlash usullari:
•Spektrofotometrik usuli: umumiy azotni (organik va ammoniy shakllari) aniqlaydi.
Kolorimetrik
usullar: Nitrat (NO₃⁻) va ammoniyli (NH₄⁺) azotini aniqlaydi.
•
Ion-conduktometr - selektiv elektrodlar yordamida maxsus ionlarni aniqlanadi.
• Bray P1 usuli:
kislotali tuproqlar uchun.
• Olsen usuli:
ishqorli tuproqlar uchun.
Undan tashqari tuproq tarkibidagi tuzlar miqdori, namligi hamda tuproqning fizikaviy xossalarini aniqlaymiz.
Amalga
oshirilayotgan loyihalar va xo’jalik shartnomalar:
Geofazoviy
usullar orqali organik va anʼanaviy dehqonchilikni qoʻllab-quvvatlash
Bugungi kunda
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qishloq xoʻjaligini
raqamlashtirish va tuproqlar unumdorligini oshirish, degradasiyaga uchragan
tuproqlarni tiklash maqsadida boshqarishda geofazoviy texnologiyalar joriy
etilmoqda. Mamlakatimizda ham «Raqamli qishloq xoʻjaligi»ni rivojlantirish
uchun bir qator huquqiy hujjatlar, jumladan, Prezidentning «Raqamli Oʻzbekiston
— 2030» strategiyasini tasdiqlashga oid Farmoni va Vazirlar Mahkamasining
qishloq xoʻjaligini raqamlashtirishga oid qarorlari qabul qilingan. Ushbu
hujjatlarda yerni masofadan zondlash va geoaxborot texnologiyalaridan
foydalanish asosiy vazifa sifatida belgilangan.
2023 yilda Oʻzbekiston va Vengriya hamkorligida oʻtkazilgan ilmiy loyihalar tanlovi natijasida “Geofazoviy usullar orqali organik va anʼanaviy dehqonchilikni qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi. Ushbu loyiha Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot uneversiteti hamda Vengriyaning Nireghaza universiteti olimlari hamkorligida 2023 yil oktabr oyida boshlandi va 3 yil davom etadi.
Barg tashxisi asosida kuzgi bug’doyda azotli o’g’itlashni boshqarish.
Kafedra uneversitetning dala tajriba maydonida “Barg tashxisi asosida kuzgi bug’doyda azotli o’g’itlashni boshqarish”. mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Xalqaro maqolalar.
1. R. Egamberdiyev. Evaluation of yield and yield attributes traits of soybean (Glycine max L. Merr.) varieties in Uzbekistan. Volume 8(2): 260-268 ( 2024). http://www.wildlife-biodiversity.com
2. О. Xakberdiyev ,J.Xaitbaeva., O.Sindarov. "Improving the growth of Glycyrrhiza Glabra L. in saline soils using bioagent seed treatments" Eurasian Journal of Soil Science. 2024, 13(1), 43-51 http://ejss.fesss.org
3. A. Kamalov. "Theoretical study of the process of grain materials grinding in agriculture machinery" BIO Web of Conferences 105, 01011 (2024). https://doi.org/10.1051/bioconf/20241050101.
4.Sh.Salamov. "Effect of Plant Thickness and Cotton Row Spacing on Dry Mass Accumulation". 105, 01011 (2024). https://doi.org/10.1051/bioconf/20241050101
5.Eshboev, F. Synthesis of Substituted 1,2,4-Triazole-3-Thione Nucleosides Using E. coli Purine Nucleoside Phosphorylase. Antibiotics 2024, 13, 271. ttps://doi.org/10.3390/biom14070745 .6. Eshboev, F. "Synthesis of Substituted 1,2,4-Triazole-3-Thione Nucleosides Using E. coli Purine Nucleoside Phosphorylase". Biomolecules 2024, 14, 745. https://doi.org/10.3390/antibiotics13030271
7.Eshboev, F. "Harnessing chickpea bacterial endophytes for improved plant health and fitness". AIMS Microbiology, 10(3): 489–506. https://www.aimspress.com/journal/microbiology
8. Eshboev, F. "Wound healing and Antimicrobial properties of extract of the Rumex confertus Willd". Research J. Pharm. and Tech. 17(5): May 2024. http://www.rjptonline.org/
9. R. Egamberdiyev. Analysis of physiological and morpho-agronomic traits of upland cotton under different conditions of water supply. 19(2): S2: 265-271, 2024. https://doi.org/10.63001/tbs.2024.v19.i02.S2.pp265-271
10. Камалов А. Justification of the criterion for the washing process of fruits and vegetables. "E3S Web of Conferences 390, 02049 (2023). " AGRITECH-VIII 2023. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202339002049
11. Мурадова Д. Forecats of Mud Silting of Vortex Zone behind the Transverse Dam. American Institute of Physics Inc. 2023.
12. Хакбердиев О. Risk identification and assessment of irrigated land erosion in Tashkent province, Uzbekistan. 14 April 2023,Volume 381. ttps://doi.org/10.1051/e3sconf/202338101018
13. Хаитбаева Ж. "Use of optical sensor equipment in improving soil fertility". International Journal of Education. ttp://farspublishers.org/index.php/ijessh/article/view/1218
14. Эгамбердиев Р. Fiber Consumption and Quality Indicators of Varieties of G. Hirsutum L. Type and Interspecific Hybrid Combinations. "XV International Scientific onferense" 25 february 2023. https://link.springer.com/book/10.1007/978-3-031-21219-2
15. Синдаров О. "The intellectual potential of the state and the influence of women on it". "Journal Website: https://frontlinejournal s.org/journals/index.ph. p/fmmej"
Xalqaro hamkorlarimiz.
1. Anqara universiteti
(Turkiya).
2. Moskva davlat
universiteti (Rossiya).
3. Rossiya qishloq xo’jaligi
akademiyasi (Rossiya).
4. Komi respublikasi biologiya
instituti (Rossiya).
Mahalliy
hamkorlarimiz.
1. Tuproqshunoslk va
agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
2. Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti.
3. Samarqand davlat
universiteti.
4. O‘zdavyerloyiha davlat
ilmiy loyihalash instituti.
5. Toshkent davlat agrar
universiteti.
6. O`zbekiston Fanlar
Akademiyasiga qarashli Akademik Rusanov nomidagi "Botanika bog’i"
7. Paxta selektsiyasi urug’-
chiligi va etishtirish agrotexnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti
Kafedra xodimlari

Xaqberdiyev Obid Eshniyozevich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Eroziyaga qarshi qo’llanilgan chora-tadbirlar ta’sirida tuproq xossalarini o’zgarishini tadqiqot qilish.
+99871-237-19-16

Ramazanov Abit
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Meliorativ tuproqshunoslik muammolari.
Dars beradigan fanlar: Tuproqshunoslik va dehqonchilik
+99871-237-09-68

Xayitbayeva Jamila Umarovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Barg tashhisi asosida kuzgi bug’doyda azotli o’g’tlashni boshqarish.
Dars beradigan fanlar: Tuproqshunoslik, Tuproqshunoslik va dehqonchilik.
+99871-237-09-68

Sindarov Obidjon Xoldorobich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: O’simliklarda kechayotgan fiziologik jarayonlarga iqlim o’zgarisini ta’sirini tadqiq qilish.
Dars beradigan fanlar: Meva va sabzavotchilik, atrof muhit biotexnologiyasi.
+99871-237-19-16

Salomov Shavkat Turabovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Dehqonchilikda g’o’za oralariga ishlov berish agrotexnologiyalarini yaratish.
Dars beradigan fanlar: Dehqonchilik va o’simlikshunoslik, tuproqshunoslik va dehqonchilik.
+99871-237-19-16

Egamberdiyeva Dilfuza Rustamovna
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Tuproqlar mikrobiologiyasi hamda qishloq xo’jaligi biotexnologiyasi muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib boradi.
Dars beradigan fanlar: Oziq-ovqat biotexnologiyasi, tijorat biotexnologiyasi.
+99871-237-19-16

Kamalov Azatbay
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: O’simliklar fiziologoyasi jarayonlarinida kechayotgan holatlar va ularning seleksiyasi.
Dars beradigan fanlar: Botanika va o’simliklar fiziologiyasi.
+99871-237-19-16

Egamberdiyev Ramish Rabbimovich
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: G’o’za seleksiyasi, o’ro’g’chiligi va yangi tez pishar navlarni yaratish.
Dars beradigan fanlar: Tuproqshunoslik, Tuproqshunoslik va dehqonchilik.
+99871-237-19-16

Abduraxmonov Jalollidin Mirdjamelivoch
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi: Tabiy birikmalar kimyosi, in vitro sinovlar, antibakterial va zambrug’ga qarshi faollik, sitotoksiklik, rekombinant DNK, rekombinant oqsillsr, Bombyx mori, Pichia pastoris ekspersion sistemalar, ПЦР, DNK /RNK sekvensi va sentizi.
Dars beradigan fanlar: Mikrobiotexnoligiya, bioinformatika.
+99871-237-19-16
Fakultet
O'qitiladigan fanlar
№ | Fanning nomi | Fan haqida qisqacha ma'lumot |
---|---|---|
1 | Meliorativ tuproqshunoslik va dehqonchilik (Magistratura) | Meliorativ tuproqshunoslik fani meliorativ holati
qoniqarsiz erlarning xossalari, ularni boshqarish, agro va gidromeliorativ
tadbirlarni ilmiy asoslash, etishtiriladigan ekinlarni tanlash, joylashtirishva
agrotexnologik tadbirlarni (tuproqqa ishlov berish, ekish, o`g’itlash,
sug’rish, va h.k) erlarning holatini inobatga olib tabaqalashtirgan holda
ishlab chiqarish amaliyotida qo`llashning ilmiy asoslarini o`rganadi. |
2 | Mevachilik va sabzavotchilik | Mevachilik
va sabzavotchilik fanni bakalavrlar tayorlashda o`rni va axamiyati shulardan
iboratki, mevachilik va sabzavotchilikni axamiyati, kelib chiqishi va
tarqalishi tarixi, xozirgi xolati va
rivojlanish istiqbolli to`g`ridagi bilimini berishdan iborat. Meva ekinlarini
axamiyati, kimyoviy tarkibi, kelib chikishi va tarqalish tarixi, xozirgi xolati
va rivojlanish istiqboli xamda tashqi muxit omillariga bo`lgan talabi
tog`risidagi va mevachilikka yangi kirib kelgan intensiv mevani navlarini
kupaytirishga urgatish bo`yicha ilmiy-amaliy
ko`nikmalar hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarni tirik
materiyaning belgilari, organik dunyoning birligi va xilma-xilligi, yerda
hayotning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixi, o`zgaruvchanlikning genetik
qonuniyatlari, tur ichida va uzoq shakllarni duragaylashda biologik
qonuniyatlar kabi ko`plab nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, biologik hodisa
va genetik jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyo qarashlarini |
3 | Tuproqshunoslik | Fanni
o`qitishdan maqsad - talabalarda tuproqshunoslik fanining rivojlanishi,
tuproqning suvi, issiqlik, havo xosslari, tuproq kaloidlari, tuproq hosil
bo`lish jarayoni, tuproqlarning tarqalishi, xususiyatlari, morfologik
belgilari, sho`rlanishi, eroziyasi, tuproq bonitrovkasi, tuproq kartalari,
tuproq muxofazasi, tuproq unumdorligini oshirish chora tadbirlari va
tuproqlarning sifatini baholash ko`rsatkichlari bilim va ko`nikmasini hosil
qilishdan iborat. Fanning vazifasi - nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar,
O`zbekistonda tarqalgan tuproqlarning hosil bo`lishi, morfologik belgilari,
tuproqning fizik-mexanik xossalari, tuproqning organik qismining shakllanishi,
sho`rlanish darajalari, tuproq eroziyasini hosil qiluvchi omillar,
unumdorligini oshirish chora-tadbirlari, yutuqlarini ishlab chiqarishda qo`llay
olish haqidagi uslubiy yondoshuv va ilmiy dunyoqarashini shakllantirish
vazifalarini bajaradi. |
4 | Tuproqlar degradatsiyasi | Fanning mazmuni: "Tuproqlar degradatsiyasi" fani orqali talabalar Respublikamizda kechayotgan degradatsiya jarayonlari, O`zbekiston tuproqlari va er resurslari, tuproq degradatsiyasi turlari va omillari, tuproqlarni mexanik buzilishi, tuproqlarni fizik degradatsiyasi, tuproqning kimyoviy degradatsiyasi, tuproqning ifloslanishè va detoksikatsiyasi, degradatsiyaga uchragan tuproqlarning biologik faolligi, eroziyasi, sho`rlaniø, cho`llanish, iqlim o`zgarishi va tuproq degradatsiyasi, degradatsiyaga uchragan tuproqlarni monitoring qilishda masofaviy usullar va GAT texnologiyalari, O`zbekiston Respublikasi tuproqlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga qarata ishlab chiqilgan qonuniy va me`yoriy huquqiy hujjatlar, genezisi, geografiyasi, evolyutsiyasi, ularning xossa xususiyatlari hamda kuchli antropogen omillar ta`sirida natijasida ularning o`zgarishlari to`g’risidagi ma`lumotlarni va ularni unumdorligini boshqarish to`g’risidagi ma`lumotlarni oladilar. |
5 | Dehqonchilik va o'simlikshunoslik | Fanni
o`qitishdan maqsad – talabalarda o`simlik organlarining tuzilishi, yashash
sharoitlari, o`simlik biologiyasi, o`simlik xusisiyatlari va belgilari,
tuproqqa ishlov berish, urug` va uni ekish, ogranik va mineral o`g`itlar,
begona o`tlarga o`simlik kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash
kurash, o`simliklarni sug`orish, qishloq xo`jalik ekinlarini etishtirish
agrotexnologiyasi, almashlab ekish bo`yicha bilim va ko`nikmasini hosil
qilishdan iborat. Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar,
o`simliklarning hayotiy omillari va dehqonchilik qonunlari, almashlab ekishning
ilmiy asoslari, tuproqqa asosiy, ekishdan oldin va keyin ishlov berish, urug`
va uni ekish, parvarishlash, o`g`itlash, sug`orish, va begona o`tlar, kasallik
va zararkunandalarga qarshi kurashishning zamonaviy deonhqchilik yutuqlarini ishlab
chiqarishda qo`llay olish haqidagi uslubiy yondoshuv va ilmiy dunyoqarashini
shakllantirish vazifalarini bajaradi. |
6 | Landshaftshunoslik | Fanning
mazmuni - "Landshaftshunoslik" fani tabiiy geografiyaning muhim bir qismi sifatida kishilik jamiyatininг amaliy talablariga bog’liq holda
shakllanmoqda va rivojlanib bormoqda. U inson bilan tabiat o`rtasidagi o`zaro
aloqalar samaradorligining oshirishning ilmiy
asoslarini yaratish va madaniy landshaftlarni barpo qilishining qoida va usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Landshaft haqidagi ta`limot
esa geografiya fanining muhim qismi sifatida
tabiiy geografiyaning amaliy hayotga kirib
borishida ilmiy nazariy asos bo`lib xizmat qiladi. "Landshaftshunoslik" fani er kurrasining ustki
geografik qobig’ini tuzilishi, tarkibi hususiyatlari,
rivojlanishi, tabiiy va antropogen omillar ta`sirida o`zgarishi, ulardan xalq xo`jaligida samarali foydalanish
usullarini o`rganadi.
Fanning
vazifasi - landshaftshunoslik g’oyalarining shakllanishi va taraqqiyot tarixi, landshaftshunoslikning ilmiy
nazariy asoslari, landshaftlarning strukturasi, landshaftlarning kelib chiqishi, dinamikasi, rivojlanishi va maxsus
faoliyati, antropogen landshaftlar, ularning hosil bo`lishi vа tasniflari, amaliy landshaftshunoslik, tabiiy
resurslardan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning landshaft-ekologik prinsiplari va
uslublarini, turli zonalar, viloyatlar, tumanlar tabiiy resurslaridan xar tomonlama foydalanish, ularni muhofaza qilish va tiklash masalalarini geografik komplekslar holida o`rganishdir. |
7 | Biologiya va mikrobiologiya | Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarni organizmlarning biologik qonuniyatlariga oid bilimlar bilan ta`minlash, fan respublikada qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori hosil olish, agrotexnologiya, o`simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, boshlang`ich man`ba, mikroorganizmlarning biologiyasi, marfologiyasi, fizologik va biokimyoviy xususiyatlari hamda ularning tabiatda tarqalish qonuniyatlari, mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta`siri, ulardagi moddlar almashinuvi, uglerod, azot, fosforni tabiatda yalanishida mikroorganizmlarning roli, qishloq xo`jaligi ekinlarini hosildorligini oshirish, ularni sifatini va ekologik tozligini yaxshilash, tabiatni ifloslantirishdan saqlash va agrar ishlab chiqarishning boshqa barcha tarmoqlarida bu usullarni qo`llash to`g`risidagi qo`llash bo`yicha ko`nikmalar hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi – talabalarni tirik materiyaning belgilari, organik dunyoning birligi va xilma-xilligi, yerda hayotning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixi, mikroorganizmlarning morfologioyasi, tarqalishi, ko`payishi, oziqlanishi va klassifikatsiyasini, mikroorganizmlarga ta`sir qiluvchi tashqi muhit omillar, mikroorganizmlarni tabiatda moddlar almashinuvi jarayonidagi o`rni, ajratilgan o`simlik hujayra ajratilgan o`simlik xujayra va to`qimalarni o`stirish texnologiyasini qo`llash, o`simliklar hujayrasida hosil bo`ladigan moddlarni toza holda ajratib olish mikroorganizmlarga ta`sir qiluvchi tashqi muhit omillarini, mikrobiologiyada qo`llaniladigan sterillash usullarini, mikroorganizmlarni tabiiy substratlardan ajratib olish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi hamda ilmiy dunyo qarashlarini kengaytirishga yordam beradi. |
8 | Tuproqshunoslik va o`simlikshunoslik | Fanni o`qitishdan maqsad - qishloq xo`jalik texnikasi ta`lim sohasi talablari doirasida "Tuproqshunoslik va o`simlikshunoslik asoslari" fani talabalarga tuproqshunoslik va o`simlikshunoslik sohalaridagi bilimlarning nazariy va amaliy asoslari, tuproq hosil bo`lish jarayoni, tuproqning xossalari, tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari va tasnifi, ularning ekologo-meliorativ holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni yaxshilash chora-tadbirlari, Tuproqshunoslik qo`llaniladigan agrotexnologik jarayonlarni o`rgatish, ishlab chiqarish amaliyotiga tadbiq qilish, asosiy qishloq xo`jalik ekinlarini etishtirish texnologiyalari bo`yicha amaliy ko`nikmalarni qosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o`rganishga yo`naltirish vazifasini bajaradi. |
9 | Atrof muhit biotexnologiyasi | Fanning asosiy maqsadi - talabalarda tirik organizmlar, ularning organlari, to`qima, hujayra tuzilishi, funktsiyalari, kimyoviy tarkibi hamda ularda kechadigan jarayonlarni o`rganish, atrof muhit muhofazasi sohasidagi masalalarni echishda qo`llanadigan biotexnologik usullarning amaliy va nazariy tomonlari tizimli ravishda ochib berish bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi - talabalarga: - hayotning mohiyati, uning tuzilish darajalari, shakllari; -hayot rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tadbiq qilish; - biologik qonuniyatlarni xalq xo`jaligining barcha tarmoqlariga tadbiq etish va eng avvalo ekologik muhitni saqlash, serhosil ekin navlari va chorva hayvon zotlarini yaratish hamda shu asosda inson farovonligini oshirish; - biotexnologiya usullarining mohiyatini o`rgatish, tabiiy xom ashyolar asosida biologik faol birikmalarni olish, ekologik sof texnologiyalarni qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida qo`llash va ulardan insîí turmushini yaxshilashdagi o`rnini o`rgatishdan iboratdir |
10 | Tuproqshunoslik va dehqonchilik | Fanning maqsadi: talabalarda tuproq hosil bo`lish jarayoni, tuproqlarning tarqalishi, xususiyatlari, morfologik belgilari, tuproq unumdorligini oshirish chora-tadbirlari va tuproqlarning sifatini baxolash ko`rsatkichlari, o`simliklarning yashash sharoitlari, dehqonchilik tizimi va qonunlari, qo`llaniladigan organik va mineral o`gitlarning xossa va xususiyatlari, kimyoviy tarkibi hamda tuproqda kechadigan jarayonlarni o`rganish bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi: Tuproqshunoslik va dehqonchilikka oid mumtoz nazariy va amaliy tayanch tushunchalarni talabalar ongiga singdirish, O`zbekistonda tarqalgan tuproqlarning hosil bo`lishi, xossalari va ularni boshqarish, tuproq unumdorligini oshirish yo`llari, o`simlik mahsulotlari etishtirishda amalga oshiriladigan agrotexnologik jarayonlari haqida bilim berish. |
Boshqa ma'lumot
Veb-sayt: http://lulc.tiiame.uz/oz/page/kafedra-tarixi
Kafedra mudiri: Xaqberdiyev Obid Eshniyozevich
Qabul kunlari: None