Yotoqxona va qulayliklar

Talabalar turar joyi respublikaning uzoq viloyat va shaharlaridan kelib universitetda tahsil olayotgan talaba va magistrantlarini o`qish vaqtida turar joylari bilan ta’minlashga mo`ljallangan. Hozirgi kunda universitetda to`rtta to`qqiz qavatli talabalar turar joyi, bitta uch qavatli talabalar turar joyi va ikkita yosh olimlar va tadqiqotchilar uyiga ega. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tarkibida rivojlangan infra tuzilmaga ega bo`lgan  mustaqil ish yurituvchi talabalar turar joylari mavjud.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti talabalar turar joylarida talabalarning hayotini yaxshilash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etilayotgani, talabalar turar joylarining moddiy-texnik bazasini yangilanib to`ldirilgan kompyuter xonalari, ma’naviyat xonalari, sport maydonchalari va axborot resurs mazkazi filiallari bilan ta’minlangan.

Universitet talabalar turar joylari 1986-1987-yillarda qurilgan. Ular kapital ta’mirdan chiqarilgan, hozirgi davrda to`liq foydalanishga topshirilgan. “TIQXMMI” MTU talabalari yashashi uchun yangi talabalar turar joyi binolarini qurish va eski binolarni kapital ta’mirlash bo`yicha maqsadli investitsiya dasturiga kiritilgan.

Talabalarga yashash uchun taqdim etiladigan yotoqxonalar koridor(qavatdagi qulayliklar bilan) va seksiya tipidagi yotoqxonalarga (har bir seksiya uchun yuvinish xonasi va sanuzel) bo`linadi. Yotoqxonalarning har bir qavatda 2 tadan oshxona mavjud, elektr plitalar va muzlatkichlar bilan jihozlangan.

Talabalarga yashash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida imkoniyati cheklangan talabalar uchun maxsus xonalar tashkil qilingan va yotoqxonalarda mustaqil mashg'ulotlar uchun xonalar, dam olish xonalari, sport zallari, dazmol xonalari, kir yuvish xonalari, tikuvchilik xonalari, tibbiyot xonalari, kompyuter xonalari va boshqa xonalar bilan ta’minlangan.

“TIQXMMI” MTU talabalar turar joylarida talabalarning yashash xavfsizligiga katta e’tibor beriladi. Xavfsizlik dasturi doirasida barcha yotoqxonalarda videokuzatuv tizimlari o`rnatilgan hamda profilaktika inspektori faoliyati yo`lga qo`yilgan.

Universitet yotoqxonalarini boshqarish funksiyalari talabalar turar joylari ma’muriyatiga yuklangan. Talabalar turar joylarida talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish va yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida 100 nafarga yaqin ishchi hodimlar (TTJ direktori, tarbiyachi-pedagoglar, profilaktika inspektori, bino boshliqlari, tibbiyot xodimlari, santexniklar, elektriklar, duradgorlar, qorovullar, bog`bonlar va boshqalar) faoliyat yuritmoqda.

Yurtimizda inson qadri uning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti Talabalar turar joyida imkoniyati cheklangan nogironligi  bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy va siyosiy hayotga  faol jalb etish maqsadida qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

Talabalar turar joylaridagi har bir bino zinalari yonida ikki tomonli tutqichlarga ega bo‘lgan maxsus normadagi panduslar mavjud. Bino eshiklari ikki tabaqali.

Imkoniyati cheklangan talabalar  birinchi qavatdan maxsus  xonalarga joylashtirilgan. Xonada ular uchun qulay va kerakli bo‘lgan shart-sharoitlar yaratilgan. Hojatxonalar maxsus moslamalar bilan jihozlangan.


“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqotlar universiteti rektori Bahodir Mirzayev tomonidan Talabalar turar joyida imkoniyati cheklangan nogironligi  bo‘lgan talabalar uchun elektron aravachalar berildi hamda Universitet oshxonasida tayyorlangan taomlar doimiy ravishda tarqatilmoqda.

Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish uchun ttj.tiiame.uz platformasi yaratilgan bo`lib u orqali talabalar turar joyga joylashish uchun onlayn ariza topshiriladi hamda ularning arizalariga asosan ularga xona ajratiladi.

Talabalar turar joyidagi talabalarning taklif va murojaatlarini o`rganish maqsadida @ttj_tiiame_bot telegram boti faoliyati yo`lga qo`yilgan.

Talabalar turar joyi direktori xonasi Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko`chasi 4-uy 1-qavat 102-xona.

Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko‘chasi 1-uy.

Yo‘nalishlari: Xamid Olimjon metro stansiyasi, Minor metro stansiyasi, avtobuslar 2, 89, 95, 38, 88 gidrometsentr bekati.

 1-Talabalar turar joyi haqida ma’lumot

Universitetning 1 – talabalar turar joyi 1986-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan, uning umumiy maydoni 1007 m2. Talabalar turar joyining manzili Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko`chasi 1a-uy. Talabalar turar joyi 9 qavatdan iborat bo`lib unda jami 96 ta xonalar mavjud. Har bir qavatda 12 ta xona va xonalarda 2 yoki 3 nafardan talabalar yashaydi. Talabalar turar joyi jami 224 ta o`ringa mo`ljallangan bo`lib hozirgi kunda “Gidrotexnika qurilishi fakultetining  221 nafar o`g`il bola talabalari yashab kelmoqda.

1-Talabalar turar joyi ma’muriyati

Bino mudiri: Aliyev Raxmon  Qo`ziyevich 1976-yil 7-yanvarda Buxoro viloyati Kogon tumanida tavallud topgan. 2022-yil Sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 1-talabalar turar joyi bino mudiri lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Tarbiyachi Pedagog: Asrorova Maxfuza Ashurovna 1971-yil 19-mayda  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tavallud topgan. 2022-yil yanvarda “TIQXMMI” MTU faoliyat yuritishni boshlagan. 2022-yil oktyabrdan buyon 1-talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ qorovullari:

Djo`rayeva Marg`uba Tajibayevna 1972-yil 30-martda   Toshkent shahar Yunusobod tumanida tavallud topgan.  2023-yil fevral oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 1-talabalar turar joyida qorovuli lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Musayev Abdumalik Samadovich 1960-yil 31-yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan.  2022-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 1-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Abduqodirov Muxiddin Gulyamovich 1960-yil 28-mayda viloyati tumanida tavallud topgan.  2022-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 1-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.


2-Talabalar turar joyi haqida ma’lumot

Universitetning 2 – talabalar turar joyi 1986-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan, uning umumiy maydoni 9253 m2. Talabalar turar joyining manzili Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko`chasi 2-uy. Talabalar turar joyi 9 qavatdan iborat bo`lib unda jami 102 ta xonalar mavjud. Har bir qavatda 12 ta xona va xonalarda 6 nafardan talabalar yashaydi. Talabalar turar joyining 1-qavati universitetda tahsil olayotgan chet ellik talabalar uchun faoliyat yuritadi hamda talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida kutubxona hamda kompyuter xonalari tashkillashtirilgan. Qolgan qavatlarga esa to`liq talabalar joylashtirilgan. Har bir xonada alohida hojatxona va yuvinish xonasi, har bir qavatda 2 tadan oshxona mavjud. Talabalar turar joyi jami 633 ta o`ringa mo`ljallangan bo`lib hozirgi kunda “Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash”, “Ekologiya va huquq” fakultetlarining talabalari hamda “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining talaba qizlari yashaydi. Hozirgi kunda jami 566 nafar talabalar (shundan 157 nafar qizlar)  yashab kelmoqda yashab kelmoqda.

2-Talabalar turar joyi ma’muriyati

Bino mudiri: Normatov Iskandar Saidovich 1979-yil 6-sentyabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tavallud topgan. 2022-yil oktyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 2-talabalar turar joyi bino mudiri lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Tarbiyachi Pedagog: Muxrimboyeva Surayyo Mirxamitovna 1965-yil                     27-martda  Toshkent shahar Yunusobod tumanida tavallud topgan. 2023-yil mart oyidan boshlab  “TIQXMMI” MTU 2-talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ choyshabchisi: Mannonova Nigora Saidbakiyevna 1971-yil 16-martda  Toshkent shahar Sobir Raximov tumanida tavallud topgan.   2013-yildan boshlab “TIQXMMI” MTUda faoliyat yuritishni boshlagan. 2022-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 2-talabalar turar joyida choyshabchi lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ qorovullari:

Yuldoshev Sobirjon Turg`unboyevich 1968-yil 2-sentyabrda Samarqand  viloyati Oqdaryo tumanida tavallud topgan. 2022-yil oktyabrdan boshlab “TIQXMMI” MTU 2-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Usmonova Maxmuda Xasanovna 1968-yil 13-fevralda Toshkent Shahar Yunusobod tumanida tavallud topgan. 2016-yildan boshlab “TIQXMMI” MTU          2-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Madaminova Mavluda Madjiboyevna 1964-yil 20-avgustda Toshkent Shahar Yunusobod tumanida tavallud topgan.  2022-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 2-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda


3-Talabalar turar joyi haqida ma’lumot

Universitetning 3 – talabalar turar joyi 1987-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan, uning umumiy maydoni 9253 m2. Talabalar turar joyining manzili Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko`chasi 3-uy. Talabalar turar joyi 9 qavatdan iborat bo`lib unda jami 102 ta xonalar mavjud. Har bir qavatda 12 ta xona va xonalarda 6 nafardan talabalar yashaydi. Talabalar turar joyining 1-qavati talabalar uchun tikuvchilik sexi hamda tikuvchilik to`garagi tashkillashtirilgan. TTJda Talabalar uchun tibbiy punkt ham tashkillshtirilgan bo`lib unda talabalar tibbiy muolajalar qilinadi. Talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qavatlarning fayelarida 2-qavatda kutubxona, 3-qavatda fines zali hamda 4-5-qavatlarda kompyuter xonalari tashkillashtirilgan. Qolgan qavatlarga esa to`liq talabalar joylashtirilgan. Har bir xonada alohida hojatxona va yuvinish xonasi, Har bir qavatda 2 tadan oshxona mavjud. Talabalar turar joyi jami 648 ta o`ringa mo`ljallangan bo`lib hozirgi kunda “Energetika”, “Iqtisodiyot” fakultetlarining talabalari hamda “Yer resurslari va kadastr” fakultetining talaba qizlari yashaydi. Hozirgi kunda jami 647 nafar talabalar (shundan 220 nafar qizlar)  yashab kelmoqda yashab kelmoqda.

3-Talabalar turar joyi ma’muriyati

Bino mudiri: Rustamov Adham Hamidullayevich 1984-yil 29-aprelda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tavallud topgan. 2022-yil avgust oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 3-talabalar turar joyi bino mudiri lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Tarbiyachi Pedagog: To`raqulova Nurxon Baxadirovna 1964-yil 03-martda  Toshkent viloyati Bo`ka tumanida tavallud topgan. 2022-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 3-talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ choyshabchisi: Gaziyeva Dilfuza Saidakromovna 1967-yil 6-martda  Toshkent shahar Yunusobod tumanida tavallud topgan. 2018-yildan buyon “TIQXMMI” MTUda faoliyat yurutib kelmoqda. 2022-yil  sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 3-talabalar turar joyida choyshabchi lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ qorovullari:

Axmedova Zuhra Yuldashevna 1969-yil 1-oktyabrda Toshkent shahar Olmazor tumanida tavallud topgan.  2020-yildan boshab “TIQXMMI” MTU 3-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Sobirova Inobat Sabitovna 1963-yil 16-avgustda Qozog`iston Respublikasi Chimkent viloyati Lenin tumanida tavallud topgan.  2013-yildan boshlab “TIQXMMI” MTU 3-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda. 

Yo`ldosheva Oygul Normuhammadovna 1981-yil 5-iyunda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tavallud topgan.  2022-yil oktyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 3-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

  

 

image image

 

image image

 

image image


image image

  

image image

   

4-Talabalar turar joyi haqida ma’lumot

Universitetning 4 – talabalar turar joyi 1987-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan, uning umumiy maydoni 9253 m2. Talabalar turar joyining manzili Toshkent shahar Yunusobod tumani Osiyo ko`chasi 4-uy. Talabalar turar joyi 9 qavatdan iborat bo`lib unda jami 101 ta xonalar mavjud. Har bir qavatda 12 ta xona va xonalarda 6 nafardan talabalar yashaydi. Talabalar turar joyining 1-qavati universitetga kelgan malaka oshirish hodimlari uchun mehmonxona faoliyatini yuritmoqda hamda 1-qavatda talabalar uchun kutubxona tashkil etilgan hamda talabalar uchun tibbiy punkt ham tashkillshtirilgan bo`lib unda talabalar tibbiy muolajalar qilinadi.  Talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 2-qavat fayesida kompyuter xona tashkil qilingan. Qolgan qavatlarga esa to`liq talabalar joylashtirilgan. Har bir xonada alohida hojatxona va dush, Har bir qavatda 2 tadan oshxona mavjud. Talabalar turar joyi jami 604 ta o`ringa mo`ljallangan bo`lib hozirgi kunda “Gidromelioratsiya” fakulteti, “Magistratura” bo’limining talabalari hamda “Gidrotexnika qurilishi” fakultetining talaba qizlari yashaydi. Hozirgi kunda jami 574 nafar talabalar (shundan 142 nafar qizlar)  yashab kelmoqda yashab kelmoqda.

4-Talabalar turar joyi ma’muriyati

Bino mudiri: Yo`ldoshev To`rabek Qo`ldoshevich 1973-yil 24-noyabrda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tavallud topgan. 2022-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 4-talabalar turar joyi bino mudiri lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Tarbiyachi Pedagog: Muxrimboyeva Ziroat Kabirovna 1972-yil 9-mayda  Toshkent Shahar Yunusobod tumani tavallud topgan.   2022-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU    4-talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ choyshabchisi: Norbutayeva Muhayyo Chuliyevna 1975-yil 8-martda  Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tavallud topgan. 2020-yil noyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU  4-talabalar turar joyida choyshabchi lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ qorovullari:

Xusanova Gulsara Mirpulatovna 1964-yil 11-avgustda Toshkent shahar Yunusobod tumanida tavallud topgan. 2019-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 4-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Tolaganova Malika Tajibayevna 1973-yil 19-oktyabrda Toshkent viloyati Toshkent tumanida tavallud topgan.  2019-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 4-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Saribayev Hasan Shamsiddinovich 1991-yil 28-yanvarda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tavallud topgan.  2013-yildan boshlab “TIQXMMI” MTUda faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda 4-talabalar turar joyida qorovuli lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

  

image image

 

image image


image image


image image

 

image image

 

5-Talabalar turar joyi haqida ma’lumot

Universitetning 5 – talabalar turar joyi 1953-yilda qurilib foydalanishga topshirilgan, uning umumiy maydoni 983 m2. Talabalar turar joyining manzili Toshkent shahar Yunusobod tumani Xalqobod 3-berk ko`chasi . Talabalar turar joyi 3 qavatdan iborat bo`lib unda jami 55 ta xonalar mavjud. Talabalar turar joyi jami 298 ta o`ringa mo`ljallangan bo`lib hozirgi kunda “Yer resurslari va kadastr” fakultetining  294 nafar o`g`il bola talabalari yashab kelmoqda.

1-Talabalar turar joyi ma’muriyati

Bino mudiri: Temirov Zafar 1983-yil 27-noyabrda Namangam viloyati Pop tumanida tavallud topgan. 2023-yil mart oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 5-talabalar turar joyi bino mudiri lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Tarbiyachi Pedagog: Islomova Shoira Alijonovna 1985-yil 1-iyunda  Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida tavallud topgan.   2021-yil fevral oyidan buyon “TIQXMMI” MTU 5-talabalar turar joyida tarbiyachi pedagog lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ choyshanbchisi: Berdiyeva Marg`uba Eshanqulovna 1976-yil  10-dekabrda  Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tavallud topgan.  2021-yil sentyabr oyidan buyon “TIQXMMI” MTU 5-talabalar turar joyida choyshabchi lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

TTJ qorovullari:

Qushakov Abdukarim Abduqayumovich 1958-yil 18-aprelda Toshkent Shahar Chilonzor tumanida tavallud topgan. 2018-yildan boshlab “TIQXMMI” MTU  5-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Mirzaxmedov Botir Umrzakovich 1954-yil 19-avgustda Toshkent Shahar Chilonzor tumanida tavallud topgan.  2022-yil sentyabr oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 5-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Xamroyev Abdumalik Normatovich 1969-yil 24-noyabrda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tavallud topgan.  2023-yil mart oyidan boshlab “TIQXMMI” MTU 5-talabalar turar joyida qorovul lavozimida ish faoliyatini boshlagan.