Malaka oshirish
Malaka oshirish uchun
kerakli hujjatlar:
· O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 avgustdagi “Oliy ta‘lim muassasalari
rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy
etish to‘g‘risida”gi PF–5789-sonli Farmoni.
· Vazirlar
Mahkamasining 2019 yil 23 sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va
pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-sonli qarori.
Hujjat topshirish tartibi
haqida ma’lumot:
· Rahbar
va pedagog kadrlarning oxirgi 3 yillik kasbiy, o‘quv-metodik va ilmiy-metodik
faoliyati natijalari (elektron portfolioda qayd etilgan ko‘rsatkichlari
asosida);
·
Kursni
tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlari natijalari;
·
Bitiruv
(loyiha) ishini himoya qilish natijalari hisobga olinadi.
· Masofadan
o‘qitish usullari asosidagi kurslarda tinglovchilarning o‘zlashtirish
ko‘rsatkichlari onlayn shaklida qayd etib boriladi va kurslarni to‘liq
o‘zlashtirgan tinglovchilarga bevosita qayta tayyorlash va malaka oshirish
muassasalarida o‘tkaziladigan onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat
beriladi.
· Elektron
portfolio ko‘rsatkichlari va onlayn test sinovlari natijalari asosida
tinglovchilarga bitiruv (loyiha) ishini himoya qilishga ruxsat beriladi.
Xodimlar malaka oshirishi
uchun kerak bo’lgan hujjatlar:
· Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining yilda tashkil etiladigan “Oliy ta’lim muassasalari,
akademik litsey rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish kurslari rejasi va tinglovchilar kontingentini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi buyrug‘i.
·
Universitet
rektorining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga jo’natish
to’g’risidagi buyrug’i
Professor-o‘qituvchilarning HEMIS platformasidan foydalanish ko‘nikmasini oshirish bo‘yicha seminar-trening - SERTIFIKATLARI(.pdf)