Suvchilar Maktabi
2023 yil 18 aprelda Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent irrigatsiya
va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy
tadqiqot universiteti hamda “Agrobank” bilan hamkorligida Respublikamizda
Suvchilar Maktabi tashkil etildi. Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy
qilishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish, mintaqada
kuzatilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish, shuningdek,
qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda suv resurslaridan yanada samarali
foydalanish maqsadida bu maktabda suvdan foydalanish madaniyatini oshirish, suv
tejovchi texnologiyalardan foydalanishning ilg‘or usullari bo‘yicha bilimlar
beriladi. Buning uchun sohaning tajribali mutaxassislarini jalb qilgan holda
maxsus handbook ishlab chiqildi.
Birinchi bosqichda, o‘quv kurslari qishloq xo‘jaligida mahsulotlar
yetishtirish hamda sug‘oriladigan 155 ta tumanda may-oktyabr oylarida davom
ettiriladi. Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, o‘quv kurslariga jalb qilish va
sertifikatlash ishlari to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, fermer xo‘jaligi o‘zi
o‘qish uchun ro‘yxatdan o‘tadi va kurs yakunida sertifikatini yuklab oladi.
Qishloq xo‘jaligida bugungi kunda yuqori hosil olish, suv va
energiyadan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan yerlar holatini yaxshilashga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy o‘quv yurtlari va xorijlik mutaxassislar
bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha fermer va mutaxassislarni
qisqa kurslar orqali zamonaviy sug‘orish usullariga o‘rgatish, malaka oshirish
va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘quv dasturda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z faoliyatini olib
borayotgan fermer xo‘jaliklari rahbar va suvchilari hamda suv xo‘jaligi
xodimlari bugungi kunda o‘z sohalarida qo‘llanilayotgan innovatsion
texnologiyalar, sohada rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotiga joriy
etilayotgan yangi bilim va ko‘nikmalarni egallagan holda, o‘z faoliyatlarini
takomillashtirib, suvdan samarali foydalanish orqali yuqori hosildorlikka
erishish kabi nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishadi.
Xozirgi kunda Respublikamizning 155 ta tumanidan 61 528 dan ortiq
tinglovchilar kursni muvaffaqiyatli tamomlashdi.
Ushbu tayyorlov kurslarida bevosiita universitetimiz professor
o’qituvchilar soha vakillarining bilim va ko’nikmalarini oshirish bo’yicha dars
mashg’ulotlarini muntazam olib bormoqda.
For more additional information:
Graduation
pre-Internship at Water Engineers School