Suvchilar maktabida Bitiruv oldi amaliyoti
15.03.2025

Suvchilar maktabida Bitiruv oldi amaliyoti
“Gidromelioratsiya” fakulteti “Suv xo‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari “Bitiruv-oldi” amaliyoti bo‘yicha belgilangan dastur bo‘yicha “Suvchilar maktabi”ga tashrif buyurishdi.
Suvchilar maktabida talabalarga "Melioratsiya bo‘limi" boshlig‘i Alisher Rajabov, boshliq movuni Qurbon Murodov, bo‘lim bosh mutaxassisi Doniyor Ahmadovlar bugungi kunda Respublikamizda melioratsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, MIS va Argis dasturlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar. Qolaversa, Suvchilar maktabi” orqali zamonaviy suv tejamkor texnologiyalar bo‘yicha xorijiy bilimlarga ham ega bo‘ldilar. Suhbat yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.





