Hujjat topshirish tartibi

Bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirish tartibi

Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15-iyundan 15-iyulgacha (shu kuni ham), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15-iyundan 10-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Oliy ta’lim vazirligi axborot xizmati abituriyentlar o‘qishga kirish uchun hujjatlarni onlayn tarzda topshiriladi. Bunda abituriyentlar uchun uydan chiqmagan holda mobil telefon yoki kompyuter yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan. Davlat test markazining rasmiy https://www.uzbmb.uz va my.gov.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib hujjat topshiriladi.

O‘qishga onlayn hujjat topshirish

Tizimga kirish

Abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali roxatdan otadiTizimga kirish uchun telefon raqam va maxfiy kalit so‘zni kiritish kerak.

Telefon raqam yetti raqamli formatda kiritiladi va sakkizta belgidan kam bo‘lmagan kalit so‘z kiritilib, “Kirish” tugmasi bosiladi. Shundan so‘ng, kiritilgan telefon raqamiga maxsus SMS-kod keladi va u besh daqiqa ichida kiritilib, tasdiqlanishi kerak.

kirish

Telefon raqam yetti raqamli formatda kiritiladi va sakkizta belgidan kam bo‘lmagan kalit so‘z kiritilib, “Kirish” tugmasi bosiladi. Shundan so‘ng, kiritilgan telefon raqamiga maxsus SMS-kod keladi va u besh daqiqa ichida kiritilib, tasdiqlanishi kerak.


Shaxsiy ma’lumotlarni kiritish

Tizimga kirgandan so‘ng pasport ma’lumotlarini to‘ldirish so‘raladi.

Birinchi satrda abituriyent o‘zining identifikatsiya raqamini kiritishi kerak. Identifikatsion raqam pasportning pastgi qismida joylashgan va 14 ta raqamdan iborat.Identifikatsion raqamning pasportda joylashishi.

Birinchi satrda abituriyent o‘zining identifikatsiya raqamini kiritishi kerak. Identifikatsion raqam pasportning pastgi qismida joylashgan va 14 ta raqamdan iborat.

Identifikatsion raqamning pasportda joylashishi.

Identifikatsion raqamning pasportda joylashishi.


Keyingi qatorlarda pasport seriyasi, pasport raqami va abituriyent millati kiritiladi. “Shaxsiy ma’lumotlarimdan foydalanishga roziman” bo‘limini tasdiqlab, “Saqlash” tugmasini bosish kerak.


Keyingi bosqichda abituriyent tugatgan ta’lim muassasasi haqidagi ma’lumotlarni to‘ldiradi: muassasa turi, davlat, viloyat, tuman, muassasa nomi, ta’lim muassasasini tugatgan yili, hujjat seriyasi va raqami.

Agar abituriyentda imtiyozlar bo‘lsa

Agar abituriyent imtiyozga ega bo‘lsa, shaxsiy ma’lumotlarni kiritib bo‘lgach, bosh sahifada joylashgan “Imtiyozlar 2020” bo‘limida o‘z imtiyozlari haqidagi ma’lumotlarni kiritishi mumkin. Imtiyozlar bo‘limida nogironligi bo‘lgan shaxslar, harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega, ko‘zi ojizlar, chet tili sertifikatiga ega abituriyentar o‘z imtiyozlarini kiritadi. Boshqa turdagi imtiyozlar tegishli idoralardan olingan ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.


Chet tili sertifikatini kiritish namunasi:


Agar abituriyent chet tili sertifikatiga ega bo‘lsa qo‘yidagi ma’lumotlarni to‘ldirishi kerak: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, amal qilish muddati, chet tili turi, sertifikat turi, darajasi va hujjat rasmi. So‘ng, “Saqlash” tugmasini bosish kerak.

OTM tanlash

Shaxsiy ma’lumotlar va, agar mavjud bo‘lsa, imtiyozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib bo‘lgach, abituriyent OTMlarni tanlash mumkin.


Abituriyentlar beshta yo‘nalish tanlashlari mumkin. Yo‘nalish tanlash qo‘yidagicha amalga oshiriladi:

1.     Ta’lim shaklini tanlanash: kunduzgi, sirtqi yoki kechgi.

2.     Ta’lim tilini tanlash: o‘zbekcha, ruscha, qoraqalpoqcha.

3.     Test topshirish grafikasini tanlash: lotincha yoki kirillcha.

4.     Birinchi tanlagan OTMga va yo‘nalishga qarab, mos bo‘lgan yana to‘rtta OTM va ularning yo‘nalishini tanlash imkoni beriladi.

5.     Test topshirish hududi: abituriyent test topshirish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan viloyatni tanlaydi.

6.     “Saqlash” tugmasi bosiladi.

Keyin ro‘yhatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan telefon raqamiga maxsus SMS-kod keladi va uni qo‘yidagi bo‘limga kiritish kerak:


Shundan so‘ng, abituriyent qayd varaqasi shakllanadi. Agar abituriyent tizimga kirish parolini yo‘qotib qo‘ysa, parolni tiklash bo‘limi orqali parolini tiklashi yoki o‘zgartirishi mumkin.


Invoys to‘lov

Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlarning test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida, to‘lov amalga oshirish kerak bo‘ladi. Ariza to‘ldirilgach, abituriyent qayd varaqasining quyi qismida invoys hosil bo‘ladi va to‘lovni belgingan muddatda to‘lash shart. To‘lovni elektron to‘lov tizimlari (click, payme, upay, paynet va boshqalar) yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.

Nogironligi bo‘lgan yoki davlat ta’minotidagi shaxslar bu to‘lovni amalga oshirmaydi. Ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri kiritilgach, telefon raqamiga “Siz ro‘yxatdan o‘tdingiz” mazmunida sms-xabar keladi. Abituriyent ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagunga qadar (20 iyulgacha) imtiyozlarini, tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini, doimiy yashash manzilini va tugatgan ta’lim muassasasini o‘zgartirishi mumkin. Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil videoqo‘llanma:

Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha batafsil videoqo‘llanma