Oʻzbekiston–Vengriya qoʻshma amaliy loyihasi “Geofazoviy usullar orqali organik va an’anaviy dehqonchilikni qoʻllab-quvvatlash”
Mazkur loyiha Oʻzbekiston va
Vengriya oʻrtasidagi ilmiy-texnik hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan
xalqaro qoʻshma amaliy loyiha boʻlib, qishloq xoʻjaligida
zamonaviy geofazoviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. Loyiha 2023–2026 yillar davomida
amalga oshirilmoqda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi va Vengriya
Milliy tadqiqot, rivojlantirish va innovatsiyalar jamgʻarmasi
tomonidan moliyalashtiriladi.
Loyiha doirasida TIIAME National Research
University hamda University of Nyíregyháza olimlari hamkorlikda ilmiy
tadqiqotlar olib bormoqda. Tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlari
masofadan zondlash (MZ), geografik axborot tizimlari (GAT), Geo-AI,
meteorologik ma’lumotlar va dala kuzatuvlarini integratsiyalash orqali organik va an’anaviy dehqonchilik
samaradorligini oshirishdan iborat.
Loyihaning asosiy maqsadi — qishloq xoʻjaligi
yerlarining holatini monitoring qilish, tuproq va ekinlar holatini baholash,
suv resurslaridan samarali foydalanish hamda iqlim oʻzgarishlariga
moslashgan aqlli qishloq xoʻjaligi texnologiyalarini ishlab chiqishdir.
Loyiha doirasida quyidagi yoʻnalishlarda
ilmiy-amaliy ishlar amalga oshirilmoqda:
Ø sun’iy yoʻldosh ma’lumotlari asosida ekinlar monitoringi;
Ø GIS va geofazoviy tahlil metodlarini qoʻllash;
Ø Geo-AI va mashinaviy oʻqitish usullaridan foydalanish;
Ø an’anaviy dehqonchilik tizimlarini solishtirma baholash;
Ø dala tajribalari va laboratoriya tadqiqotlari;
Ø xalqaro treninglar va ilmiy seminarlar tashkil etish.
Loyiha natijasida qishloq xoʻjaligida
raqamli texnologiyalarni qoʻllash samaradorligini oshirish, fermerlar uchun qaror qabul qilishni
qoʻllab-quvvatlovchi geoinformatsion platformalarni yaratish hamda
barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha ilmiy tavsiyalar ishlab
chiqilishi kutilmoqda.
Shuningdek, loyiha doirasida yosh
tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun xalqaro malaka oshirish dasturlari, ilmiy
almashinuvlar hamda Vengriya oliy ta’lim muassasalarida treninglar tashkil
etilmoqda. Bu esa Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada
mustahkamlashga xizmat qilmoqda.