Tibbiy bo`lim

Tibbiy bo’lim bosh shifokori

Eshniyozov Botir Kurbonboyevich

Qabul kunlari: Dushanbadan-shanbagacha soat 9:00 dan 16:00 gacha

Manzil: 3-4 yotoqxonalarda soat 18:00 dan 22:00 gacha.

Murojat uchun: +998909466017 ,  +99897 7062814.


Eshniyozov Botir Qurbobayevich Qoraqalpoqiston Respublikasi Amudaryo tumanida tug‘ilgan “TIQXMMI”MTU Tibbiy bo‘limda 2017-yildan buyon ishlab kelmoqda TAShPMI tibbiyot  institutini tamomlagan. Ma’lumoti Oliy.

Tibbiy ko‘rik davomida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha  professor o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talabalargamalakaliy shifokorlar tomonidan maslahatlar beriladi va ambulator sharoitda davolanish tavsiya etiladi Universitet talabalari va xodimlar orasida turli xil tibiy mavzular xamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish  borasida bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinadi.

Tibbiy bo’lim "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini  mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti qoshida ochilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi karorlari va universitet rektori buyruqlari asosida ish olib boradi. Tibbiy bo’lim universitet professor – o’qituvchilari, ishchi - xodimlar va talabalarga tibbiy xizmat ko’rsatadi. Tibbiy bo’lim professor – o’qituvchilar, ishchi xodimlar va talabalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazadi va aniqlangan kasalliklarga davo muolajalari olib boradi. Tibbiy bo’limda fizioterapevtik muolajalar, EKG, massaj, vena ichiga tomchilab dorilar yuborish, venaga dori yuborish, mushak orasiga dorilar yuborish muolajalari qo‘llaniladi.


VAKSINATSIYA

«TIQXMMI»MTUda koronavirusga qarshi profilaktik emlash (vaksinatsiya) jarayonlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mas’ul xodimlari va  Miro Ulug'bek tumani 9-oilaviy poliklinika xodimlari, Universitet tibbiy bo‘lim xodimlari ishtirokda professor o'qituvchi ishchi xodimlar va talabalarni tulik vaksinatsiya jarayoni o‘tkazildi. Xodimlarni koronavirusga qarshi profilaktik emlash (vaksinatsiya) jarayonlarining holati, tashkil etilgan vaksinatsiya punktlari, emlash uchun  vaksinalar turlari, shuningdek, koronavirus kasalligiga chalinish holatlari va emlangan aholining kasallikka chalinish sabablari to‘g‘risida ma’lumot berildi.Qayd etilishicha,  AstraZeneca,  Xitoyning ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi, «Sputnik-V» vaksinasi xamda Moderna vaksinalari bilan emlandi. olib kelingan. Koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infeksiya tasdiqlangan bemorlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish, zarur laborator hamda instrumental tekshiruvlar o‘tkazish, tekshiruv natijalaridan kelib chiqqan holda ularga davo muolajalarini tavsiya etish borasidagi ishlar tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.Ta’kidlanganidek, bugungi kunda bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida barcha kovidga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan  kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritma va reaktivlar, shuningdek, maxsus tibbiyot vositalari bilan ta’minlangan.